0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Buxoro-Eron 
munosabatlari
Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnashgan aso- 
siy hudud Xuroson bo‘ldi. Buning sababi Xu- 
rosonning harbiy-siyosiy va savdo-iqtisodiy
41


Buxoro - Ilindiston 
munosabatlari
jihatdan muhim ahamiyatga ega ekaoligida edi. Bundan tashqari, 
Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo‘nalishida o‘ziga xos 
darvoza vazifasini ham o ‘tar edi. Xurosonni nazorat qilish masa- 
lasida shayboniylar va safaviylar o‘rtasida kcskin kurash ketdi. Bu 
masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon 
II hukmronligi davrida shayboniylar ustunlik qildilar. Xususan, Ab­
dullaxon II Xurosonning Marv, Nishopur va Mashhad kabi yirik 
shaharlarini egalladi.
Abdullaxon II Eronga qarshi kurashda Usmonli davlati bilan itti- 
foq tuzishga urinib ko‘rdi. Biroq maqsadiga erisha olmadi va oxir- 
oqibat Eron Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq 
bo!ldi.
Ashtarxoniylar davrida ham Eron bilan munosabatlar keskinligicha 
qoldi. 1740-yilda esa Eron Buxoro xonligini qaram davlatga aylan- 
tirishga erishdi.
Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan Bu­
xoro xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar- 
ning o ‘rnatilishi Bobur va Ko‘chkunchixonlar 
nomi bilan bog‘liq. Ko'chkunchixon hukmronligi davrida Buxoro 
xonligi Boburiylar davlatini tan oldi. U bilan savdo va elchilik mu- 
nosabatlarini o‘matdi.
Buxoro elchisi xon tomonidan Boburga Movarounnahming mashhur 
mayizlaridan, subhoni o‘riklaridan va boshqa noyob ne’matlaridan
iborat sovg‘a-salomlari qatorida 200 ta 
yaxshi ot ham olib keldi. 0 ‘z navbatida, 
Bobur ham Buxoro xonligiga elchilar yu- 
bordi. Ikki davlat o‘rtasidagi bunday mu­
nosabatlar keying! shayboniy va boburiy 
hukmdorlar davrida yanada kengaydi. Xu­
susan, Abdullaxon II safaviylarga qarshi 
kurashda boburiylar bilan birga harakat qi- 
lishga intildi. Shu sababdan Abdullaxon II 
Akbarshoh huzuriga bir necha marta el- 
chilarini yubordi. Abdullaxon II Akbarshohga 
Eronni o‘zaro taqsimlab olishni taklif qildi. 
Lekin Akbarshoh bunga rozi bo‘lmadi. 
Chunki Akbarshoh fuqarolari turli din va
Akbarshoh
4 2


diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiluvchi davlatlaming bir-biriga toqat 
qilib yashashlari tarafdori hamda diniy bag‘rikenglikni davlat siyosati 
darajasiga ko‘targan hukmdor edi. Qolaversa, u Eron bilan yaxshi 
munosabatda ham edi.
1586-yilda Akbarshoh Abdullaxon II ga yo‘llagan maktubida Us- 
monli davlati Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishla- 
nayotganligini bayon etdi. Ayni paytda, Buxoro va Hindiston birgalik- 
da Eronga yordam ko‘rsatishi zarurligini ta ’kidladi. Biroq Eron 
shayboniylar davlatini o‘zining asosiy raqiblaridan biri deb hisoblab 
kelayotgani uchun Abdullaxon II Akbarshoh taklifiga rozi bo!lmadi.
Boburiy hukmdorlar Shoh Jahon va Avrangzeb Olamgirlar hukm- 
ronligi davrida ashtarxoniylar bilan savdo-sotiq aloqalari davom etdi.
3.
4.
5.
Qanday omillar Buxoro-Rossiya o‘rtasida savdoning rivojlanishiga 
xizmat qildi?
Buxoro-Rossiya manfaatlari to'qnash kelgan masalalarni qayd 
eting.
XVIII asrda Rossiya - Buxoro munosabatlarida nima sababdan o‘z- 
garish yuz berdi?
Buxoro—Eron munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 
Buxoro—Hindiston munosabatiga oid asosiy jihatlami qayd eting.
Bugungi kunda do'stona Rossiya Federatsiyasining 0 ‘zbekistonda 
atom elektr stansiyasi qurishiga oid ma’lumotlarni to‘plab keling.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling