0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Tarixnavislik
4 4


Muhammad Solihamg ,,Shayboniynoma“si esa o ‘zbek tilida yo- 
zilgan asar bo'lib, u Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag‘ish- 
langan.
,,Abdullanoma“ asari muallifi mazkur asarini Chingizxonning Mo- 
varounnaJu istilosi, chingiziylar hukmronligining o'rnatilishi, Dashti 
Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonaing 
harbiy yurishlari, uning o‘limidan so‘ng Movarounnahrda vujudga 
kelgaa ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni siyosiy jihatdan bir- 
lashtirish yo‘lida olib borgan kurashi tarixiga bag'ishlagan.
XVII-X VIII asming birinchi yarmida ham Buxoroda tarix fani 
sohasida qator tarixiy asarlar yozildi. Xususan, Muhammad Yusuf 
Munshiyamg „Tarixi Muqimxoniy“, Muhammad Amin Buxoriymng 
„Ubaydullanoma“ va Abdurahmon 7b/ening „Abulfayzxon tarixi“ kabi 
asarlari shular jumlasidandir.
Bu davr adabiyotida Muhammad Shayboniyxon, 
uning jiyani Ubaydullaxon, Kamoliddin Binoiy, 
Muhammad Solih va boshqalar alohida o ‘rin tutadi.
Umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o‘tkazgan Muhammad 
Shayboniyxon, ayni paytda, she’riyat bilan ham shug‘ullandi. U o‘zi- 
dan yuqori saviyali badiiy asarni meros qilib qoldirdi. Uning asarlari 
dunyoning turli mamlakatlariga olib ketilgan. Masalan, uning yagona 
she’rlari to‘plami - ,JDcvon“i Istanbul shahri kutubxonasida saqlab 
kelinmoqda.
Muhammad Shayboniyxon she’rlarida, ayniqsa, Samarqand va 
Buxoro shaharlarini eng ko‘p madh etdi. Chunonchi, bir she’rida 
Samarqandni jannatga qiyoslaydi. U she’rlarining birida bunday deb 
kuylaydi:
Adabiyot
Ketmadi ko'ngildan hech diydori Samarqandmng, 
Ко ‘zimdin uchar har dam gulzori Samarqandmng. 
Har negaki shahd о 'Isa dunyoda latif, ammo 
Barchadin erur yaxshi bemori Samarqandmng.
Buxoro shahrini esa Ka’ba darajasida ulug‘ladi.
Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon o‘zining g‘azal, 
ruboiy, qit’a va tuyuqlari bilan she’riyat taraqqiyotiga katta hissa 
qo‘shdi. U ,,Ubaydiy“, „Ubaydullo“ va „Qul Ubaydiy“ taxalluslari 
bilan ijod qildi:
4 5


Muhtojga qayishish — asli karomat shuldir,
Bir ishki, y o ‘q ortida malomat - shuldir.
Har ikki jahonda, soliko, iymonni 
Qutqaruvchi chin ruhi salomai shuldir.
U fors va arab tillarini yaxshi bilganligi uchun shu tillarda ham 
ijod etdi. 0 ‘zbek, fors va arab tillaridagi she’rlarini uch devonda 
to ‘pladi. Keyinchalik ular bitta muqova ichiga jamlandi va u 
,,Kulliyot“ deb nomlandi.
Ruboiynavislikning Bobur Mirzodan keyingi taraqqiyoti Ubay- 
dullaxon nomi bilan bog‘liq. U ayni paytda Ahmad Yassaviy asos 
solgan liikmatnavislik an’anasini rivojlantirdi. Undan 220 dan ortiq 
hikmat meros qoldi.
Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxon I —II lar- 
ning kutubxonalari o‘z zamonasining ajoyib kitob xazinasi bo‘lgan 
edi.
X V II-X V III asr birinchi yarmi adabiy muhitida Bedil (asli 
ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721 )ning o‘rni katta. U asli keshlik 
(Shahrisabz) bo‘lib, Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari — „To‘rt 
unsur“ nasrda yozilgan bo‘lib, unda havo, suv, yer, olov haqida, 
shuningdck. o‘simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida 
o‘z qarashlari bayon etiladi. U she’rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, 
adolatsizlik kabi illatlarni qoraladi. Bedil ,,Abulma’oniy“ („Ma’nolar 
otasi“) nomi bilan shuhrat qozondi.
Bu davr adabiyotining yirik namoyandalaridan yana biri shoir 
Sayido Nasafiy edi. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug‘ilgan. Zamon- 
doshlari uni „Buxoro shoirlari taxtida sulton“ deb ulug‘laganlar.
Uni mashhur qilgan ,,Hayvonotnoma“ nomli majoziy munozara 
asari edi. Nasafiy mazkur asarida hayvonlar timsoli orqali zodagon va 
amaldorLaming mehnatkash xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini, ularning 
poraxo‘rligi va ma’naviy pastkashliklarini fosh etdi. Bo‘ri va sher 
timsolida zodagonlaming yirtqichlikdan iborat asl basharalarini ochib 
tashladi. Asarda sher barcha hayvonlar ustidan g‘alaba qozonsa-da, 
mehnatkash xalq timsoli bo‘lgan chumolidan yengiladi.
Bu davr adabiyotida Turdi Farog'iy ham munosib o‘rin egallaydi. 
Turdi jamiyatdagi adolatsizliklarni, Subhonqulixonning xalqni og'ir 
soliqlarga duchor etganligini va buning oqibatida xalq tortayotgan 
azob-uqubatlarini ro‘yirost tanqid qila olgan jasoratli shoir edi:
4 6


Yedingiz barchcmgiz itdek fuqaroning etini,
G'asb ila molin olib, qo'ymadingiz bitini.
Turdi xalqning tilidan mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tar- 
qoqlik, u keltirib chiqargan qirg‘inbarot urushlami la’natlagan. Urug‘ 
va qabilalarni birlashishga va o‘zaro hamkorlik qilishga da: vat et- 
gan. Urug‘ oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga 
chaqirgan.
Bu o‘rinda Turdining „Tor ko‘ngullik beklar“ she’ri alohida aha- 
miyatga ega:

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling