0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


- §. Buxoro xonligida madaniy hayot


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

13- §. Buxoro xonligida madaniy hayot
T1 ,
. . .
Shayboniy hukmdorlar orasida ham o ‘qimishli,
Ilm-fan nvoji 

, , 
, , . . , 
.. 


*
ZLyoli 
davlat arboblan bor edi. Ular madrasa ta -
limini olgan, dunyoviy va diniy bilimlarni egallagan shaxslar edi.
Shuningdek, o‘zbek, fors va arab tillarini bilishgan. Ayniqsa, she’riyat
borasida o‘ta iste’dodli bo‘lishgan. Forschani g‘azal yozish darajasida
mukammal egallashgan.
Ilm-fan, adabiyot, san’at va me’morchilikning ravnaq topishida 
sulola vakillarining xizmati katta bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, shay­
boniylar temuriylar davrida yurtmizda yuksak rivojlangan va dunyo 
e’tirof etgan ilm-fanga munosib voris bo‘la olmadilar,
4 3


Shayboniylar davrida tibbiyot, matematika va astronomiya kabi 
fanlar ma’lum darajada rivojlandi. Tibbiyot ilmidagi rivojlanish o‘z 
zamonasida „tabiblar iftixori“ deb sharaflangan Muhammad Mazid, 
jarroh mavlono Baqo, ko‘z kasalliklarini davolashda nom chiqargan 
Shohali ibn Sulaymon, „Davolash bo‘yioha dastur“ asari muallifi 
Sultonali Samarqandiy, ,,Ko‘z kasalligiga doir asosiy kitob“ asarlari 
bilan mashhur boTgan Ubaydulloh Kahhol kabi alloma tabiblarning 
nomlari bilan bog‘liqdir. Muhammad Amin, Bobokalon Samarqandiy, 
mavlono Kavkaviylar matematika, Muhammad Husayni Buxoriy „Qib- 
la tomonini topish ma’rifati“, Mahmud ibn Ahmad Faroziy esa ,,Oy 
fazolarining tengligi haqida risola“ asarlari bilan astronomiya fanlari 
rivojiga munosib hissa qo‘shdilar.
Afsuski, ashtarxoniylar davrida jamiyat hayotida diniy mutaassiblik 
keng yoyildi. Barchadan diniy aqidalarga so‘zsiz itoat etish talab 
etildi. Bu omillar ilm-fan ravnaqiga salbiy ta ’sir ko‘rsatdi. Shunday 
bo!lsa-da, ilm-fan to‘xtab qolgani yo!q.
Xususan, Mir Arab madrasasining mudarrisi Muhammad Sharif 
Buxoriy tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya va boshqa fanlarga oid 
20 dan ortiq asar yozib qoldirgani buning dalilidir. Ular orasida 
„Xoqonga foydali maslahatlar“ asari alohida ahamiyatga ega.
Subhonqulixon hukmronligi davrida tibbiyot ilmi rivojlandi. Uning 
tashabbusi bilan Buxoroda „Dor ush-shifo“ qurildi va bemorlarni da­
volash ishi yoTga qo‘yildi. Tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib, 
shifokorlar tayyorlandi. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar 
jamlangan nodir kutubxonasi bo‘lgan. U „Subhoniy tibbiyoti bo‘yicha 
davolash“ nomli kitob ham yozib qoldirdi.
Shayboniylar davrida tarix fani sohasida ko‘p- 
lab yirik asarlar yaratildi. Ular orasida Kamo- 
liddin Binoiyning „Shayboniynoma14, Muhammad Solihnmg „Shay- 
boniynoma“, Muhammad Haydaramg „Tarixi Rashidiy“, Fazlulloh ibn 
Ro'zbexormmg „Mehmonnomayi Buxoro“, Hofiz Tanish al-Buxoriymng 
,,Abdullanoma“, („Sharafnomayi shohiy“), Sulton Muhammad Hofiz 
Toshkandiyning „Tarixi jadidayi Toshkand“ kabi asarlari shular jum- 
lasidandir.
K. Binoiymng ,,Shayboniynoma“ asari Dashti Qipchoq va Mova- 
rounnahming XV asr o‘rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo‘lgan davr 
voqealarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, shayboniylar bilan Eron 
safaviylari o‘rtasidagi munosabatlar haqida muhim maTumotlar beradi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling