0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


uxor о 16- §. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

uxor о
16- §. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi
Davlat tuzumi va 
ma’muriy boshqaruv 
islohotlari
Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq mo- 
narxiya edi. Oliy hukmdor - amir chek- 
lanmagan huquqqa ega bo!lgan. Butun ho- 
kimiyat uning qo‘lida to ‘plangan. Amir, 
ayni paytda, davlatning m a’naviy rahnamosi ham edi. Chunki u 
eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning 
boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan.
Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o ‘tkazildi. 
Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruvning 
dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etish 
to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir 
nufuzli davlat arbobi qo‘lida to'planuvchi tartih joriy etildi. Unga
5 7


Amirlikning 
ma’muriy bo‘linishi
ko'ra, qo'shbegi lavozimiga davlat maqomi berildi, ya’ni u davlatda 
arairdan keying! ikkinchi shaxsga aylandi. Shuning uchun ham u 
amir Arkida yashagan. Bundan tashqari, ashtarxoniylar hukmronligi 
davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan otaliq lavozimi 
oldingi mavqeyini yo‘qotdi. Bir so‘z bilan aytganda, amirlikda turli 
davlat lavozimlarining maqomi yo ko'tarildi, yo tushirildi. Shunga 
yarasha u yoki bu lavozim egasining vakolat doirasi kengaytirildi 
yoki cheklab qo‘yildi. Saroyda jami uch yuzga yaqin katta-kichik 
amaldorlar guruhi xizmat qilishgan. Ulardan 30 nafarga yaqini yuqori 
davlat lavozimlari sanalgan.
Amirlik ma’muriy jihatdan viloyat va tu- 
manlarga bo‘lingan. Adabiyotlarda mang‘itlar 
davrida amirlikda 27 ta viloyat (beklik) mav- 
jud bo‘lganligi qayd etilgan.
Viloyatlami beklar - hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga, 
asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy-hududiy 
birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan, Jumladan, 
bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer 
bir tumanni tashkil etgan. Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik 
ming tanob yer hazora, yigirma besh ming tanob yer nim (yarim) 
hazora, 10-15 ming tanob sug’oriladigan yerga ega qishloq obikori, 
400 tanob yerga ega qishloq qoriya, 300 tanob va undan kam yeri 
bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, marza deb atalardi. Ba’zi 
qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin, 
ulaming har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o'zini 
oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta-kichik qishloqlar 
biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va u amlok deb 
atalgan. Uni amlokdor qishloq oqsoqollari, amin va miroblarga taya- 
nib boshqargan.
Amlokdor („mulk egasi“ degan ma’noni anglatadi) yetishtirilgan 
hosilning hisobini yuritgan va soliqlar hamda boshqa tushumlarning 
belgilangan muddatlarda yig‘ilib borishini nazorat qilgan. Amin 
(„ishonchli“, „halol odam“ ma’nosini anglatadi)ning asosiy vazifasi 
soliq va boshqa tushumlami yig‘ish, aholi ustidan nazorat olib borish 
hamda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo‘lgan. Qishloq 
mirobi esa suv inshootlarining o‘z vaqtida ta’mirlanishini, qishloqlar
58


uchun ajratilgan suvning ariqlar bo‘yicha to ‘g‘ri taqsimlaoishini ta’- 
m in lagan.
Amirlik davlat muassasalari ma’muriy, moliyaviy, 
uqon av a 
qozilik, mirshablik va harbiy idoralaridan tash- 
kil topgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, amirlikda 
oliy ijroiya hokimiyat - qo ‘shbegi, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk 
ham deyilgan) qo'lida to ‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, 
mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalar- 
ni nazorat qilgan. Ayni paytda, barcha viloyatlar unga bo‘ysungan. 
Amirlikda qo‘shbegidan keyingi o‘rinda moliya vaziri (devonbegi) 
turgan. U quyi qo'shbegi deb ham atalgan. Moliya vaziri zakot 
masalasi bilan shug‘ullangan. Shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar 
davrida katta mavqega ega bo‘lgan otaliq lavozimiga tayinlangan 
amaldor endilikda Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shu- 
ningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul qilib qo‘- 
yildi.
Parvonachi lavozimida ishiagan amaldoming asosiy vazifasi Buxo­
ro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdoming yorliqlarini u yoki bu 
amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayot- 
gan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi.
Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga uning 
shaxsi, amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘miga qarab, muhim vazi- 
falar ham yuklatilgan. Chunonchi, Amir Haydar Marvda unga qarshi 
ukasi Dinnosirbek boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish uchun 
Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo ‘natgani bunga 
dalildir, Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u 
yerga Ibrahim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz
uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan. Bir so‘z bilan 
aytganda, u yoki bu davlat lavozimining nufuzi shu lavozimda kim 
o‘tirganligiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi.
Bosh inoq lavozimiga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini 
quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur 
buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinla- 
nishi mumkin bo'lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan 
shug‘ullangan.
Kichik inoq esa chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni 
qabul qilib olgan. Shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan.
5 9


Yana bir muhim davlat mansabi to'qsoba edi. U davlat bayrog'ining 
daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifa- 
tida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi 
nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan. Vazifa nihoyatda mas’uliyatli 
bo‘lganligi uchun unga daromad manbai sifatida bitta tuman birik- 
tirib qo‘yilgan.
Davlat boshqaruvida, shuningdek, ko'kaldosh (davlat xavfsizlik 
xizmati boshlig‘i), mehtar (soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan 
mablag‘laming belgilangan o‘rinlarda qanchalik to ‘g‘ri sarflanganligini 
nazorat qiluvchi amaldor), qutvol (davlat hisobidan amalga oshiriladi- 
gan qurilish ishlariga mas’ul amaldor), eshik o g ‘aboshi, miroxur (amir 
otxonasining boshlig‘i), qorovulbegi (shahar va yo‘llar posboni), shi- 
g'ovul (chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuv- 
chi), mushrif (amirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va 
soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor), dasturxonchi (amir huzu- 
rida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor), kitobdor (amir 
kutubxonasining boshlig‘i), dodxoh (jabrlanuvchi arizasini amirga yet- 
kazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor) kabi 
yuqori davlat lavozimlari ham bor edi.

, , , . 
. v
Jamiyat va davlat hayotida shariat qo-
Shariat talablanga noya 
. ■ ■

,
. ■
... 
b 
nunlarming amal qihshi shayxuhslom,

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling