0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

55


Amir Nasrullo 
hukmronligi
hasini suv bilan ta’minlab turgan Sultonbandi to ‘g‘oni buzib tash- 
landi. Suvsiz qolgan marvliklar o‘zlari yashab turgan joylardan 
boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Dinnosirbek esa Erondan 
boshpana topdi. Harbiy harakatlar oddiy mehnatkashlaming bnningsiz 
ham og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Bu ham yetmaganidek, har- 
biy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va yer solig‘ining mud- 
datidan oldin yig'ib olinishi 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon ko‘- 
tarilishiga olib keldi. Uni bostirishga qanchalik urinilmasin, amir 
qo‘shini qo!zg‘olonchilarning kuchini sindirolmadi. Amir oxir-oqibat 
qo‘zg‘olonchilarga yon bosishga, ularning mulki va shaxsiy daxlsizligi 
xususida yorliq berishga majbur bo‘ldi.
Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida 
lining ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna 
qurboni bo‘lishdi. NLhoyat, taxtni uning uchinchi 
o‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860).
Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami ya- 
gona davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. 
Shahrisabz va Kitob bekliklarini to ‘la bo‘ysundirish uchun kurash 
30 yil davom etdi. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni 
bo!ysundirishga muvaffaq bo!ldi.
Bundan tashqari, mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini 
qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maq- 
sadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. Natijada, fu- 
qarolar jazoga tortilishdan qo‘rqqanlaridan uning nomini baland ovoz 
bilan ayta olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hukmron tabaqalar amirga 
xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko‘rsatma kutib o‘tir- 
masdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amal- 
dor amiming, kichik amaldor o‘zidan katta amaldoming qahriga uch- 
rab qolishdan qo‘rqib yashardi. 0 ‘zining bugungi mavqcyi, mulki, 
hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo'rquv muhiti vujudga 
keltirildiki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor 
bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi.
Qo‘shni o‘zbek 
Buxoro amirligining o‘z qo‘shnilari Qo'qon va
xonliklari bilan 
Xiva xonliklari bilan munosabatida o'zaro to- 
munosabat 
qatsizlik ustun edi. Bu toqatsizlikning asosida 
Buxoro amirligining mintaqada yetakchilikka erishish va bu ikki xon- 
lik hisobiga mustahkamlanib olish maqsadi yotardi.
56


Shuning uchun ham Buxoro amirligi 1842-yilda hatto Qo‘qoo 
xonligini ham bosib oldi, Biroq Qo‘qon xonligining Buxoro amirligiga 
qaramligi uzoqqa cho‘zilmadi. Shu yilning o‘zidayoq Qo‘qonda Bu­
xoro bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xon­
ligining mustaqilligi tiklandi.
Tez orada bu ikki davlat o ‘rtasida у ana urush kelib chiqdi. 
1843-yilda amir Nasrullo Xo‘jand va 0 ‘ratepani qo‘lga kiritish uchun 
Qo!qon xonligiga qarshi kurash hoshladi. Bu ikki shahar o‘n yillar 
davomida qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelardi. Nihoyat bu safar Buxoroning 
qo‘li baland keldi.
1843-yilda Marv viloyati uchun talashayotgan Buxoro va Xiva 
o‘rtasida urush harakatlari kelib chiqdi. Xiva qo‘shini Hazorasp ya- 
qinida Buxoro qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin Marv Buxoro 
amirligi tarkibida qoldi. Faqat 1845-yildagina Xiva xonligi Marvni 
egalladi.
1. Amir Haydar markaziy hokimiyatni mustahkamlash borasida qanday 
tadbirlarni amalga oshirdi?
2. Amir Nasrullo davrida qanday omillar amirlik hokimiyatining ku- 
chayishini ta’minladi?
3. Nega mang‘itlar davrida ham o‘zbek davlatlari o'rtasida keskinlik 
davom etdi7

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling