0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

68


Samarqand
„Dunyoning husni“ deya ulugMangan Samarqand 
ko‘p yillar davomida o‘zining avvalgi mavqeyini 
yo‘qotib qo‘ygan edi. Bunga ashtarxoniylar davrida o'zaro urushlaming 
kuchayganligi, tashqi ko‘chmanchi qabilalaming xonavayron qiluvchi 
hujumlari sabab bo‘ldi.
Mang‘itlar esa xarobaga aylangan Samarqandni tiklash chorasini 
ko‘rdilar. Xususan, Rahimbiy shaharni tiklash ishiDi unga suv chiqa- 
rishdan boshladi. Biroq shahar aholisi sonining nihoyatda kamayib 
ketganligi kutilgan natijani bermadi.
Amir Shohmurod esa bu masalada keskin choralami qoMladi. 
 
shahami tiklash va aholi sonini ko‘paytirish uchun boshqa shaharlar- 
dan majburiy ravishda aholi ko‘chirib keltirdi. Shaharda katta bunyod- 
korlik ishlari uning vafotidan so‘ng ham davom ettirilgan bo‘lsa-da, 
shahar asosan uning davrida deyarli qayta bunyod etildi.
Manbalarda bunday deb yozilgan: „Samarqandning hozirgi obo- 
donchiligi 1780-yil, y a ’ni Shohmurod davridan boshlangan b o ‘lib, 
1809-yillarda bir shahar y o ‘siniga kirgizildi".
XIX asr boshlarida shahar baland devor bilan o‘raldi. Shaharga 
6 ta darvozadan kirilardi. Shaharda ko‘plab bog‘lar. ariq-zovurlar va 
hovuzlar, karvonsaroylar va hammomlar ishlab turgan. Ko‘chalar sha- 
harning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bog‘lardi. Amalga 
oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli tez orada shahar aholisi soni 
2 5 -3 0 ming kishiga yetdi.
Hunarmandchilik amirlik shaharlarining iqti- 
sodiy hayotida muhim ahamiyatga ega edi. 
Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to‘qimachilik bo'lgan. Bu- 
xoro olachasi, bo‘zi, bo‘zga gul bosish yo‘li bilan tayyorlanadigan 
chiti, shoyisi, Samarqandning to ‘q qizil rangli baxmali mashhur edi. 
Yigirilgan ipdan ro‘mol, choyshab, salla to‘qish ham keng tarqalgan.
Temirchilik ham hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan hisob- 
lanardi. Temirchilar o!roq, pichoq, shuningdek, qurol-yarog‘ ya- 
sashgan. Zargarlik, kulolchilik, yog‘ochsozlik, to ‘qimachilik, kiyim- 
kechak, poyabzal tikish kabi hunarmandchilik sohalari ham juda 
taraqqiy etgan.Yog'ochdan eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq 
va boshqalar yasalardi. Yog'och o‘ymakorligi alohida ahamiyatga 
ega edi. Novdalardan savatlar to‘qilardi. Uy sharoitida namat, gilam 
to‘qish, oshlangan charmdan egar-jabduqlar, ayillar, pichoq qinlari,

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling