0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Amirlik tashqi 
siyosatining asosiy 
tamoyillari
71


cha musulmonlarning amiri (mang‘itlar o‘zlarini shunday deb hisob- 
laganlar) sifatida musulmonlarning Astraxon orqali Makkaga Haj 
safariga borib kelishlarini ta’minlab turishni yo‘lga qo‘yishdan iborat 
bo!lgan.
Buxoro-Rossiya 
munosabatlari
Mang‘it amirlari Rossiya bilan munosabatlarga 
doimo katta ahamiyat berdilar. (Buning sa- 
bablarini avvalgi mavzularda bilib olgan edi- 
ngiz.) Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlaming qaror 
topishida elchilar almashinuvi muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, XVIII 
asrning so‘nggi choragida elchi Ernazarbiyning Rossiyaga ikki bor 
tashrifi bu o ‘rinda tengsiz bo‘ldi. Ernazarbiy (Ernazar Maqsutov) keng 
dunyoqarashga va bilimga ega diplomat va savdogar edi. U har ikki 
davlat o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan munosabat qaror topishi 
uchun astoydil harakat qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni 
mustahkamlash ishiga qo‘shgan hissasi uchun Ernazarbiyga hatto 
Rossiya imperatori Yekaterina II Buxoroda madrasa qurish uchun 
pul ham ajratdi. Ana shu pulga qurilgan va Ernazarbiy nomi bilan 
ataluvchi madrasa hozirgacha qad ko‘tarib turibdi.
U elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari Astra­
xon shahrida Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga hamda 
amiriik fuqarolarining Astraxon orqali Haj safariga erkin borib kelish- 
larining kafolatlanishiga erishdi.
Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham ko‘z- 
lagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari haqida 
rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida, uning 
topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli dav­
lati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini ham 
ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya orqali Istanbul shahriga borish 
uchun ruxsat so‘radi. Albatta, rus hukumati Buxoroning asosiy raqib- 
laridan biri Usmonli davlati qatorida turishini istamas edi. Shuning 
uchun ham rus hukumati Doniyolbiyning barcha iltimoslarini bajardi.
Buxoro—Rossiya siyosiy munosabatlarida 1797-yilda amir Shoh- 
murod yuborgan Polvonquli qurchi elchiligi alohida o‘rin egallaydi. 
Polvonquli elchiligining yuborili shiga Eronning Buxoro amirligi xavf- 
sizligiga tahdid sola boshlaganligi sabab bo‘ldi. Bu davrda Kavkazda 
Rossiya-Eron munosabatlari ham keskinlashgan edi. Amir Shohmurod 
bu omildan foydalanishga qaror qildi va Buxoro-Eron o‘rtasida urush
72


kelib chiqqudek bo‘lsa, birgalikda harakat qilishni taklif etdi. Biroq 
Yevropadagi muammolari bilan band bo‘lgan Rossiya bu taklifni 
qabul qilmadi. Amir Haydar va Amir Nasrullo hukmronligi davrida 
ham Rossiya-Buxoro munosabatlari davom etdi. Har ikki tomon 
bir-biriga elchilar yuborib turishdi. Amir Haydar yuborgan elchilar 
Rossiya hukumati oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan 
amirlik savdogarlariga haq to ‘lamasdan chorva mollari boqishlari 
uchun joy ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining 
talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar.
Ko‘tarilgan masalalardan chorva mollari boqishga ajratiladigan 
yerlar nchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo karvon- 
lari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi.
Amir Nasrullo hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati 
oldiga, asosan, Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to ‘lovlarini ka- 
maytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish 
hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni qo'ydilar.
Bu davrda Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining 0 ‘rta Osi- 
yoga kirib kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. 
Chunonchi, Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu 
yerda o‘z narxidan 6 - 9 marta arzon bahoda sotila boshlandi.
Amir Nasrulloning tog‘-kon mutaxassislari yuborish to ‘g‘risidagi 
iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan savdo karvo- 
niga qo‘shib jo ‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga uchradi va 
muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga qay­
tib ketdi.
1858-yilda Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya 
elchilari keldi. Bu Buxoro amirligining mustaqil davlat maqomidagi 
oxirgi elchilik bo‘ldi. Muzokaralar davomida Rossiya bilan savdo-so- 
tiq ishlarida Buxoro savdogarlariga katta imtiyozlar berildi.
Ayni paytda, Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul qil- 
masligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga ruxsat 
bermasligini so‘rashini ma’him qildi. Biroq Rossiya imperiyasi hukm- 
ron doiralari o4zlarini Buxoro amirligiga qanchalik do‘st qilib ko‘r- 
satmasinlar, ular 0 ‘rta Osiyoni butunlay bosib olishga zimdan tay- 
yorgarlik ko4rmoqda edilar. Shuning uchun ham Rossiya Ignatyev 
elchiligidan keyin boshqa elchi yubormadi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling