0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


-yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro 
maqom san’ati anjumani bo’lib o‘tdi. Unda dunyoning 73 davlatidan 
300 ga yaqin yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalai ishtirok etishdi, 
Anjumanning bosh mukofotini Tojikiston maqom akademiyasi qo‘lga 
kiritdi.
7 7


Ta’lim
Buxoro amirligida ta’lim tizimi ashtarxoniylar dav- 
ridagi ko‘rinishda saqlab qolindi. Ya’ni o‘quv yurt- 
lari amirlikda ham boshiang‘ich (maktabxona) va oliy (madrasa) mak- 
tabdan iborat edi. Maktabxonalar, asosan, masjidlar qoshida ochilgan. 
Ularda imomlar o'qituvchilik qilishgan. Amir Haydar 1803-1804-yil- 
larda islohot o‘tkazdi. Unga ko‘ra amirlikda hamma fuqarolar uchun 
zaruriy umumiy ta’lim joriy etildi. Islohotni amalga oshirish uchun 
har bir beklikka maxsus vakillar jo ‘natildi. Ayni paytda jiyani - Qar- 
shi begi Sayyid Ahmad xoja Fayziy amirlik bo’yicha mas’ul etib 
tayinlandi. Amir Haydar jiyaniga yo‘llagan xatida, jumladan, bunday 
deb yozgan edi: „Siz... muallimlarga tayinlangki, ular zaruriy umumiy 
ta ’limni barcha tobe xalq puxta egallamog'ini ta ’minlasinlar... Barcha 
kishilar umumiy zaruriy ta ’limni puxta egallasinlar". Madrasa ta’limi 
uch bosqich edi. Bu davrda Buxoroda 60 ta madrasa, 300 ta masjid 
faoliyat ko‘rsatardi. Madrasalarda 9 mingdan 10 mingtagacha talaba 
ilm olgan.
Aniq fanlardan tashqari tarix, geograflya, til va adabiyot, arab tili, 
shuningdek, ilohiyot ilmidan ta ’lim berilgan. Tabiiy fanlar, asosan, 
o‘rta asrlar mualliflarining asarlarini takrorlashdan nariga o ‘tmagan. 
Tarix darslari esa muallifi noma’lum boTgan „Tarixi Iskandariy“ va 
XIII asrda yashab o’tgan Alouddin Otamalik Juvayniyning „Tarixi 
Jahonkushoy“ asarlari asosida olib borilgan.
Juvayniy (1226-1283) tarixchi olim va davlat arbobi boTgan edi. 
U arab, fors, mo‘g‘ul va uyg‘ur tillarini mukammal egallagan. 0 ‘z 
asarini Mo‘g‘uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi ta- 
rixiga bag’ishlagan. Asar uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi- 
da Chingizxonning istilochilik urushlari, shuningdek, Jo'jixon va 
Chig‘atoy hamda ulaming avlodlari tarixi haqida hikoya qiladi.
Ikkinchi qismi esa Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul hukm- 
dorlari davri tarixiga bag'ishlangan.
Uchinchi qismida Xulokuxonning Eronni zabt etishi kabi voqealar 
tarixi yoritilgan.
Asaming 1-2-qismlari 0 ‘rta Osiyo tarixi uchun alohida qimmatga 
ega.
Maktabxona va madrasalardagi ta’lim xarajatlari vaqf mulki hiso- 
bidan amalga oshirilgan.
78


Hukmdorlar ta’lim tizimi moddiy ta’minotini nazoratda tutganlar. 
Madrasa ilmining ahvoli bilan qiziqib turganlar. Chunonchi, Amir 
Haydar o‘z davrining bilimdon hukmdorlaridan biri edi. Qur’oni Ka- 
rimni yoddan bilardi. Amir huzurida tez-tez diniy va ilmiy munozaralar 
o‘tkazilib turilgan. Buxoro madrasalariga chet davlatlardan o‘qishga 
keluvchilar soni ortib borgan. Шаг uchim qulay sharoit yaratish cho- 
ralari ko‘rilgan. Amir Haydaming o‘zi ham madrasa talabalariga ma’- 
ruzalar o‘qib turgan.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling