0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


1. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini qayd eting


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

9
1. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini qayd eting.
2. Nima uchun Buyuk Britaniya 0 ‘rta Osiyoga e ’tibor bera boshladi?
3. Rossiya elchisi polkovnik Ignatyev 1858-yilda amir bilan qaysi 
masalalarda kelishuvga erishdi?
4. XIX asrning birinchi yarmida o ‘zbek davlatlari masalasida Ros­
siya-Buyuk Britaniya raqobati kuchayishiga nimalar sabab bo‘ldi?
5. Buyuk Britaniyaning 0 ‘rta Osiyoga yuborgan ekspeditsiyalari qan- 
day vazifalarni bajardi?
6. Rossiyani 0 ‘rta Osiyoni harbiy kuch bilan egallashini tezlashti- 
rishga undagan omillar haqida nimalarni bilib oldingiz?
Mulohaza yuriting!
Bugungi kunda davlatlararo munosabatlar qanday tamoyillarga asos- 
lanadi?
21- §. Buxoro amirligida madaniy hayot
Tarix ilmi 
Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab mada- 
niy-ma’naviy hayot rivojining to‘sig‘iga aylangan 
diniy mutaassiblik mang‘itlar hukmronligi davrida ham texnika va 
tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy mutaas­
siblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin 
bo‘lgan har qanday kashfiyotni Xudoning irodasiga shak keltirish deb 
baholardilar. Shu tufayli bu davrda asosiy asarlar tarix, adabiyot, 
san’at va me’morchilik sohasida yaratilgan. XIX asr birinchi yarmida
75


Adabiyot
ijod etgan tarixchi olim Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy „Gulshan 
ul-muluk“ („Podshohlar gulshani“) nomli asar yozib qoldirdi. Bu asar 
ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi Buxoroning qadimgi tarixi
uniag hukmdorlari shajarasi bayoniga bag‘ishlangan. Asarning ikkinchi 
qismida esa 0 ‘rta Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi 
bayon etilgan. XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriymng „Bayoni 
ba’zi havodisoti Buxoro, Ho‘qand va Qoshg‘ar“ (..Buxoro, Qo‘qon va 
Qashqaming ayrim voqea-hodisalari bayoni“) asari, shuningdek, Mir 
Olim Buxoriyrimg „Fathnomayi sultoniy“, Muhammad Hakimxonning 
„Yilnomalar to‘plami“, shuningdek, bu davrda bitilgan „Tarixi Amir 
Haydar“ kabi asarlar tariximiz uchun muhim manbalar hisoblanadi.
Bu davr adabiyotida o‘z davrining mashhur shoir va 
yozuvchilari ijod qildilar. Ulardan biri o ‘ziga xos 
iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy edi. Shoir 1778-yilda o‘zining 
ajoyib ,,Husn-u Dil“ dostonini yaratdi. 0 ‘zbek adabiyotining katta 
yutug‘i sanalgan bu asami shoir majoziy shaklda yozgan. Doston 
qahramonlari - Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va bosh- 
qalarning har biri g‘oyat go‘zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fa- 
sod, Nafs obrazlari esa salbiy sifatlar hamda turli yovuzliklarning 
timsoli edi.
Dostonda odamlar va davlatlar orasidagi nizolar. baxillik va bosh- 
qa axloqiy qusurlar qoralandi. Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qa- 
rashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi. 
Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o‘ziga xoslik -
adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligidir. 
Bu o ‘rinda uning „Qushlar mnnozarasi“ majmuasi katta ahamiyatga 
ega. Asarda o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illat, jaholat, man- 
sabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan. Mehnat ahlining kam- 
tarligi esa ulug‘langan. Asarda laylak, zog‘, bulbul, tovus, to ‘ti, 
humo kabi jami 14 ta qush o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs tasvirlangan.
Bu davming yana mashhur shoirlari Mujrim Obid va Vola\m 
edi. Mujrim Obidtling asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, ado- 
latsizlik va odamlar fe’lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi.
Volaning (1770-1842) ko‘zi tug‘ma ojiz boTsa-da, tabiat unga 
kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda yoqimli ovoz in’om et­
gan edi. Shoir o‘z she’rlaridan 2 ta devon tuzdi. Bizgacha 3 ming 
misra she’rlari yetib keldi. 0 ‘z she’rlarida xalq boshiga tushgan kul- 
fat va mashaqqatlami kuyladi.
76


Buxoroda xattotlik, miniatura hamda qo‘lyoz-
Tasviriy san’at 
maiarni naqshli bezash san’ati rivojlandi. Bu 
sohaning qator yetuk bilimdonlari zamonasiga 
yarasha yodgorlik qoldirdilar. Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod 
qilgan Mir M a’sum Olamiyon „Axloqi Muhsiniy“ kitobiai hamda 
Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezadi.
Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo'lyozma 
kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari 
tasvirlangan rasmlar ishladi.
Yirik olim, shoir Ahmad Donish (1827-1897) 20 yil mobaynida 
Buxoro saroy kutubxonasida xattotlik va rassomlik bilan shug‘ullandi. 
U tibbiyot va riyozat fan lari, me’morchilik va musiqa san’atini ham 
o‘rgandi. Ahmad Donish ko‘chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan 
qo‘lyozmalar ichida „Shohi darvesh“, „Ajoyib at-tabaqot“ va boshqa 
asarlar buning dalilidir.
Buxoro yuksak ustozona musiqa san’atining markazlaridan biri 
bo‘lgan. Chunonchi, Buxoroda vujudga kelgan ,,Shashmaqom“ buning 
yorqin dalilidir. Buxoro Shashmaqomi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, 
Segoh va Iraq maqomlaridan iborat bo‘lib, 250 dan ortiq har xil 
shakldagi kuy va ashula namunalaridan tashkil topgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev bunday degan 
edi: „Xalqimiz badiiy tafakkuri mahsuli bo'lgan ,,Shashmaqom“, ya'ni 
olti maqomni, ta ’bir joiz b o ‘Isa, olti azim daryoga qiyoslash mumkin. 
Bu daryolar asrlar davomida jahon madaniyat ummoniga quyilib, 
uni har tomonlama to ‘Idirib, boyitib kelmoqda. Shuning uchun ham 
bu muazzam musiqiy durdona YUNESKO tomonidan jahon madaniy 
merosi ro ‘yxatiga kiritilgani chuqur та ’no va ahamiyatga ega “.
Maqom ashulalarining she’riy matni Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fu- 
zuliy, Bedil, Bobur, Nodira va Mashrab singari turkiy va forsiy tilli 
mumtoz shoirlaming lirikasidan tuzilgan. Shashmaqom og‘zaki tarzda 
ustoz-shogird an’anasi shaklida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling