0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

73


Buyuk Britan iy a -  
Rossiya raqobatchiligi
Buyuk Britaniya 
ckspcditsiyalari
XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Bri­
taniya va Rossiya o‘rtasida 0 ‘rta Osiyo- 
da raqobat kuchayib ketdi. Bunga bu ikki 
mustamlakachi davlatlarning o'zbck davlatlari hisobiga yangi mus- 
tamlakalarga ega bo‘lishga, ularning bozorlarini va boy xomashyo 
manbalarini qo‘lga kiritishga intilishlari sabab bo‘ldi.
Hindistonda mustahkam o‘mashib olgan Buyuk Britaniya Rossiya- 
ning o‘zbek davlatlaridagi ta’sirini yo‘qqa chiqarish hamda ularni 
o‘z ta’sir doirasiga olish maqsadida maxsus ekspeditsiyalar yubora 
boshladi. Ekspeditsiyalar zimmasiga, ayni paytda, mahalliy nufuzli 
kuchlar bilan aloqa o'rnatish vazifasi ham yukiatildi.
Buyuk Britaniya dastiab 1825-yilda zobit 
U. Murkford boshchiligida ekspeditsiya yubor- 
di. Ekspeditsiya natijasida inglizlar Buxoro 
amirligini har tomonlama o‘rganishga va mahalliy hukmdorlar orasida 
o‘zlariga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga tushdi. 
Natijada, Rossiya hukumati Buxoro amiri Haydarga inglizlarning Bu- 
xorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi.
1832-yilda Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz mis- 
siyasi Buxoroga keldi. U o ‘zini arman savdogari deb tanitdi va Bu­
xoro amirligi qo‘shbegisi bilan aloqa bog‘lay oldi. Buyuk Britaniya 
hukumati Hindiston bilan 0 ‘rta Osiyo o ‘rtasida savdo aloqalarining 
kengayishiga o‘zining o‘zbek davlatlaridagi ta’sirini qaror toptirishning 
asosiy yo‘li deb qarar edi. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya hind 
savdogarlariga o‘zbek davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga 
qo‘yishlarida katta yordam ko‘rsatdi.
A. Byorns mamlakat hududida katta razvedka ma’lumotlari ham 
to!play oldi. Bu elchilik missiyasi 0 ‘rta Osiyoda Buyuk Britaniya 
savdosining rivojlani shiga yordam berdi.
1839-yili Buyuk Britaniya Afg‘onistonga qarshi harbiy harakatlar 
boshlaganida Rossiya—Buyuk Britaniya munosabatlari yanada keskin- 
lashdi. Agar Afg‘oniston bosib olingudek bo‘lsa, navbat Olrta Osiyoga 
kelishi mumkin edi.
Rossiyaning Qrim urushidagi mag‘lubiyati 0 ‘rta Osiyoning Rossiya 
uchun siyosiy va strategik ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko‘r- 
satdi.
74


Rossiyaga Buyuk Britaniya harbiy flotining Qora dengizdan xavf 
solish imkoniyatini yo‘qqa chiqara oladigan omil zarur edi. 0 ‘rta 
Osiyoni egallash ana shunday omil bo‘la olardi. Chunki Rossiya Bu­
yuk Britaniya uchun o‘ta muhim bo‘lgan Hindistonga bevosita tahdid 
solish imkoniga ega bo‘lardi. Buyuk Britaniya esa buni aslo ista- 
mas edi. Rossiyaning Hindistonga tahdid solishi mumkinligi Buyuk 
Britaniyani Qora dengiz sohillariga tutash Rossiya hududlariga xavf 
solish imkoniyatidan mahrum etdi. Ikkinchidan, 0 ‘rta Osiyoni egallash 
rivojlanib borayotgan Rossiya sanoatini arzon xomashyo bilan to‘la 
ta’minlash imkonini ham berardi. Ana shu ikki omil bundan keyin 
Rossiyaning Ocrta Osiyo davlatlari, jumladan, Buxoro amirligiga nis- 
batan tutadigan bosqinchilik siyosatini belgilab berdi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling