0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Maqom - musiqada bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘l-


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Maqom - musiqada bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘l- 
lari; musiqiy uslub.
1
.
2
.
3.
4.
5.
Tarix ilmi sohasida yaratilgan asarlaming ro‘yxatini tuzing, 
Muhammadniyoz Nishotiy ijodiga mansub asarlaming mazmuni 
haqida nimalarni bilib oldingiz?
Shoir Mujrim Obid she’riyatida tanqid qilingan illatlar nimadan 
dalolat beradi?
Xattotlik va miniatura san’ati sohasidagi ijod namunalariga misollar 
keltixing.
Musiqa san’atining maqom janri haqida so‘zlab bering.
Buxoroda XYI-XIX asrning birinchi yarmida 
ukmronlik qilgan sulolalar

Sulolalar nomi
Hukmronlik
yillari
Sulolaning 
eng mashhur 
hukmdorlari
Yaratilgan 
tarixiy asarlar
1.
2.
3.
7 9


22- §. Xiva xonligining tashkil topishi
Xorazmning mustaqilligi 
uchun kurash
Xorazm Shayboniyxon hujumi arafasida 
temuriy Sulton Husayn Boyqaro hukmdor 
bo4lgan Xuroson davlati tasarrufida edi. 
Husayn Boyqaro Xorazmga qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So‘- 
fini noib etib tayinlagan.
1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh 
Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi 
uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukraronligiga qarshi kurash 
boshladi. Bu kurashga mahalliy aslzodalar boshchilik qildi. Xususan, 
Xorazmni Eron safaviylaridan ozod etish va mustaqil davlat tuzish 
uchun boshlangan kurashning tashabbuskori o‘sha davrda Xorazmning 
markazi bo‘lgan Vazir shahrining qozisi Umar qori bo‘ldi. U xo- 
razmliklami safaviylarga qarshi kurashga da’vat etdi. Xorazm xalqini 
mustaqillik uchun kurashga ko‘tarishda Sayid Hisomiddin qattol ham 
katta rol o‘ynadi.
Xorazmning bo‘lajak hukmdori hokimiyatining qonuniy maqomga 
ega bo‘lishi juda muhim edi. Shu sababli mustaqillik uchun kurash­
ning rahnamolari Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi Shaybon av- 
lodidan bo‘lgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni taklif etdilar. 
Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand 
bir shajaradan bo‘lsa-da, bir-biriga dushmanlik munosabatida edilar. 
1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon 
tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansuh Berka Sul­
tonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan biri edi. Elbarsxon 1512- 
yilda Xorazm taxtiga o‘tqazildi.
Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch 
shahriga ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan 
ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga ,,g‘ozi“ laqa- 
bini qo‘shib aytishni buyurdi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling