Ustoz-shogird an’anasiga mansub o’zbek kompozitorlik va bastakorlik an’analari


Download 259.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi259.18 Kb.
#1630500
  1   2
Bog'liq
httpsopenscience.uzindex.phpscieduarticledownload388835817616



Ustoz-shogird an’anasiga mansub o’zbek kompozitorlik va 
bastakorlik an’analari 
Doniyorbek Navruzovich Obidov 
Urganch davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asrning dastlabki yillaridan boshlab o’zbek 
musiqasida paydo bo’lgan kompozitorlik uslubining qadimiy ustoz-shogird 
ko’rinishidagi bastakorlikdan farqli jihatlari to’g’risida tahliliy ma’lumotlar 
keltiriladi. 
Kalit so’zlar: kompozitor, bastakor, ustoz-shogird, o’zbek musiqasi. 
Uzbek composing and composing traditions of the teacher-
student tradition 
Doniyorbek Navruzovich Obidov 
Urgench State University 
Abstract: This article provides analytical information on the differences 
between the compositional style of Uzbek music, which appeared in the early years 
of the twentieth century, and the composition of the ancient teacher-student. 
Keywords: composer, composer, teacher-student, Uzbek music. 
Hozirgi kunda kompozitor va bastakor atamalarini umumiy nom ostida 
“bastakor” deya qo’llash urf bo’lib kelmoqda. Kompozitor atamasining 
O’zbekistonda XX asrning boshlaridan muomalaga kiritilganligini, uning mazmuni 
boshqacharoq ekanligini chuqur tahlil qilmay turib, shunday fikrlarni ishlatish 
to’g’rimi, degan savollar tug’iladi?! Kundalik hayotimizda ayniqsa, OAV (ommaviy 
axborot vositalari)da bastakor degan so’zni ko’p uchratamiz. Hattoki, keyingi 
paytlarda kompozitor ruscha, bastakor o’zbekcha degan fikrlar ham jamiyatimizda 
muomalaga kirib bo’ldi. Kompozitor va bastakorni ikki kasb ekanligini tahlil qilib 
ko’radigan bo’lsak, kompozitor so’zi lotincha compositor - “tuzuvchi, ijod etuvchi”, 
bastakor esa forscha “bog’lash, bog’lov” ma’nolarida keladi. Bu jihatdan atamalar 
bir-biriga yaqin bo’lishi mumkin ammo, birining o’rnida ikkinchisini qo’llashga 
musiqa ta’limoti izn bermaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Milliy 
Ensiklopediyasining IV tomida kompozitor va bastakor haqida quyidagi fikrlar 
keltiriladi: “Kompozitorlik kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat bilan birga 
maxsus (kompozitsiya fani sohasidagi) puxta bilim ham talab etadi. Kompozitor nota 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
906


yozuvi yordamida musiqa asarlarini ijod etadi, yangi individual badiiy mazmunni 
ifodalashga harakat qiladi. Shu jihati bilan an’anaviylik mezoniga tayanib monodiya 
tizimida ijod etuvchi bastakordan farq qiladi”, deyilgan. 
Kompozitor sifatida biz o’zbeklardan Mutal Burhonov, Muxtor Ashrafiy, 
Sulaymon Yudakov kabilarni bilsak, bastakor sifatida To’xtasin Jalilov, Yunus 
Rajabiy, Muhammadjon Mirzayev kabilarni nazarda tutamiz. Yana ham sodda tilda 
aytganda, kompozitorlar musiqasi bir muncha murakkab va ayni paytda ko’plab 
cholg’ular uchun yozilgan bo’lishi mumkin. Bastakor ijodida esa monodiya (bir 
ovozlilik) ustunlik qiladi. Mabodo bastakor ko’p jihatli (ko’povozli yoki ansambl 
uchun) musiqa ijodiyotiga harakat qilsa ham uning musiqa asarida mazmun asosan 
o’sha monodiyaning ustiga qurilishi mumkin, xolos. Bunda unga xalq ohanglari, 
milliy maqom musiqamiz yordamga keladi. Bundan tashqari bastakorlar maxsus 
kompozitsiya ta’limini olmagan bo’lishi mumkin. Mana shu kabi omillar ikki 
uslubdagi ijodkorni farqlab olishimizda yordam beradi. Lekin shuni unutmaslik 
kerakki, ustoz-shogird tizimiga bog’langan bastakorlik an’anasi O’rta Osiyo 
xalqlarida, jumladan o’zbek xalqida juda qadim zamonlardan mavjud bo’lgan 
ustazoda sozanda va xonandalarning musiqiy ijod san’ati hisoblanadi. Bu san’at 
xalqning o’ziga xos musiqiy an’analari asosida vujudga kelib, uzoq madaniy-tarixiy 
taraqqiyot jarayonida musiqiy ijod sifatida shakllangan.
“Xalq yaratadi, biz faqat sayqal beramiz” - degan edi rus kompozitorlik 
maktabining asoschilaridan biri Mixail Glinka. Darhaqiqat unutmaslik kerakki, har 
qanday kompozitorni yetishib chiqishida xalq musiqasi ustunlik qiladi. Uni 
yoshligida tinglamagan, yoki uning ohanglarini to’liq anglab yetmagan yosh 
ijodkordan kompozitor yetishib chiqishi qiyin, albatta. Jahon musiqa madaniyatiga 
ulkan hissa qo’shgan mashhur kompozitorlardan Friderik Shopen asarlarida polyak 
xalqining milliy ohanglari, Petr Ilich Chaykovskiyning asarlarida qadimiy rus 
musiqasiga oid qochirimlarni tinglash mumkin. Bu jarayon yana ham o’zbek 
kompozitorlaridan Sulaymon Yudakovning “Xorazm raqsi” syuitasida yaqqol 
namoyon bo’lgan. Bu asar qadimiy Xorazm erkaklar raqsi “Norim-norim” asosiga 
qurilgan bo’lib, ba’zi o’rinlarda kompozitor bastakorlik elementlarini ko’rsatib o’tish 
harakat qilgan. Bu kabi betakror musiqiy ohanglarni ijod qilishda san’atkorlarning 
bolalik davridagi ilk musiqiy dunyoqarashining shakllanishi muhim ahamiyat kasb 
etgan. Jumladan o’zbek xalqining buyuk farzandlaridan Tolibjon Sodiqov, Mutal 
Burhonov, Muxtor Ashrafiy, Sharif Ramozonov, Manas Leviyev kabi kompozitorlar 
dastlabki bilimlarini o’sha davr musiqasining bilimdon bastakor-sozandalari Ota 
G’iyos Abdug’aniyev, Ota Jalol Nosirov hamda Matyusuf Xarratov (Chokar) singari 
allomalardan o’rganishgan. Garchi keyinchalik ularning ijodida yevropa uslubidagi 
kompozitorlik ustunlik qilgan bo’lsa-da ammo, asarlarida o’zbek ohanglari alohida 
ahamiyat kasb etganini sezish mumkin. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
907


Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, kompozitor va bastakor bir-biriga yaqin 
bo’lgan ikkita kasb. Misol uchun Mutal Burhonov tomonidan ishlangan O’zbekiston 
Davlat Madhiyasi kompozitorlik ishi sifatida baholanadi. Biroq, uni tinglaganingizda 
sof milliy ohanglar tizimi - Shashmaqomdan qandaydir parchalar keltirilayotganini 
ichindizdan sezasiz. Chunki Mutal Burhonov shunchaki kompozitor emas edi. Uning 
ijodiy yo’li tanbur, dutor singari cholg’ular bilan boshlanib, fortepianogacha bo’lgan 
ulkan yo’lni bosib o’tgan edi. Ya’ni ijodining dastlabki yillarini ustoz-shogird 
tizimiga asoslangan an’anaviy bastakorlikdan boshlab o’zbek kompozitorlik uslubi 
(maktabi)ga asos solgan san’atkorlardan biri edi. 
Musiqa san’ati vakillarining yuqori tashkiloti “O’zbekiston kompozitorlari va 
bastakorlari uyushmasi” deya nomlanishi bu ikki nomning turlicha ahamiyatli ekanini 
yana bir isboti bo’lsa ajabmas. Umuman olganda, bu atamalar borasidagi misollarni 
uzoq davom qildirish mumkin. Asosiysi, musiqa madaniyatimizda bu ikki terminni 
o’z o’rnida qo’llay olsak hamda yoshlarga bastakorlik yoki kompozitorlikka qadam 
qo’yishida to’g’ri yo’lni ko’rsata olsak musiqa madaniyatimizda yangi nomlarning izi 
davom qilishi shak-shubhasizdir. 

Download 259.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling