0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Abulg‘ozry Bahodirxon 
• 

u u 
ciu 
1+ r


ning о g illan Habash va bibars sultonlar
ayrim qabilalarning boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko‘-
tardilar. 1621-yiLdagi isyon chog‘ida otalari Arab Muhammadxon ta-
rafida lining boshqa ikki o‘g‘li - Asfandiyor va Abulg‘oziy sultonlar
urushda qatnashdilar. Bu urushda Habash va Elbars sultonlar g‘olib
chiqdi. Noqobil farzandlarning amri bilan ota asir olindi.
Abulg'oziy Bahodirxon Buxoro xoni Imomqulixon saroyida pa- 
nob topdi. Asfandiyor esa Eron shohi Abbos I huzuriga yo‘l oldi. 
1623-yilda uning yordamida Xiva taxtini egalladi va Habash hamda 
Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg‘oziy Bahodirxon 
Xivaga qaytdi. Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch hokimi etib 
tayinladi. Biroq tez orada aka-uka o‘rtasidagi munosabatlar buzildi. 
Natijada, Abulg‘oziy Bahodirxon Turkiston, Toshkent va Buxoroda 
qochib yurishga majbur bo‘ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi 
bo‘lgan turkmanlaming chaqirig‘i bilan u yana Xivaga qaytib bordi. 
Akasi unga Xivani topshirishga majbur boMdi. Biroq 1630-yilda uni 
Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo ‘natib yubordi. Abulg‘oziy 
Bahodirxon Eronda 10 yil tutqunlikda yashadi. Nihoyat, tutqunlikdan 
qochib, Orol o‘zbeklari qarorgohiga yetib keldi. Asfandiyorxon vafot 
etgach, 1644-yilda Xiva xonligi taxtini egalladi.
A bulg‘oziy Bahodirxonning davlatchilikni mustahkamlashga 
qaratilgan islohotlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U davlatning 
boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirdi. Ayrim viloyatlarning hokimligiga 
urug‘ boshliqlari tayinladi. Bir-biri bilan o ‘zaro nizo qiluvchi 
urug'lar boshliqlari o ‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun 
u Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini to‘rtta birlashmaga 
bo‘ldi. Ularning har biriga yer ajratib berdi. Davlat apparatida 
muhim ma’muriy mansablami egallaydigan shaxslar ularning orasidan 
tayinlanadigan bo‘ldi.
Har bir qabilaviy guruhga inoq tayinlandi. Abulg!oziy Bahodir­
xonning farmoniga muvofiq, urug‘Laming yuqori tabaqasidan xonga 
maslahatchilik qiladigan kishilar guruhi ajratib olindi. Eng e’tiborli 
amaldorlar hisoblanuvchi inoqlar ham ularning orasidan chiqqan edi.
Abulg‘oziy Bahodirxonning islohotlari ma’lum muddatga bo‘lsa- 
da, hokimiyatning markazlashuviga hamda ko‘chmanchilar va yarim 
ko‘chmanchilarning o‘troqlashish jarayonini kuchaytirishga xizmat 
qildi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling