0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

3
.
4.
5.
Xiva xonligining hududi va aholisining tarkibi haqida nimalarni 
bilib oldingiz?
Abulg‘oziy Bahodirxon nega Dashti Qipchoqdan ko‘chib kelgan 
qabilalarni guruhlarga bo‘lib joylashtirdi?
„Inoqlar boshqaruvi" deyilganda nima tushuniladi va u qachondaa 
boshlandi?
Xonlikdagi eng yuqori mansab - mehtar va qo‘shbegi lavozimlarini 
bir-biriga taqqoslang.
Xiva xonligida sudlovni amalga oshirish qanday tartibda olib bo- 
rilgan?
Yasovul va mahram lavozimlarini bir-biri bilan taqqoslang. 0 ‘x- 
shash va farq qiluvchi jihatlarini daftaringizga yozing.
26-§. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 
Shaharlar hayoti
V
Yer egaligi 
munosabatlari
Yer xonlikning asosiy boyligi edi. Barcha yer 
davlat mulki sanalgan. Egalik shakliga ко Та 
Xiva xonligi yerlari ham davlat (podshoh), 
mulk (xususiy yerlar) va vaqf yerlariga bo‘lingan. Davlat yerlarining 
bir qismi xon va uning qarindosh-urug‘lariga hamda oliy martabali 
ruhoniylarga tegishli bo‘lgan.
Xonga tegishli yerlar mulki xolis, mulki xossa, amloki xossa, 
mulki maxsusa nomlari bilan atalgan.
Xonga tegishli yerlardan davlat xazinasiga soliq to‘lanmagan. Yirik 
martabali amaldorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun tarxon yerlari 
berilgan. Tarxonni meros qoldirish, boshqaga oTkazish man etilgan. 
Undan faqat vaqtincha foydalanish mumkin edi. Davlat yerlarining 
bir qismi xususiy mulk shaklida sotilgan. Shu tariqa, yer egaligining 
mulk (xususiy yerlar) shakli vujudga kelgan. Yerning xususiy mulk 
qilib sotilganligi haqida davlat nomidan bitim imzolangan. Shundan 
so‘ng yerning sotib olinganligi haqida mulk egasiga vasiqa berilgan. 
Davlat yerlarining yana bir qismi may da dehqon xo‘jaliklari qo‘lida 
bo‘lgan. Davlat xazinasiga daromad, asosan, ana shu yerlardan tush- 
gan. Chunonchi, 10 tanobdan ortiq yer berilgan xo‘jaliklar 3 tilladan, 
5 tanobdan 10 tanobgacha yer berilganlar 2 tilladan, 5 tanobgacha
9 4


yer berilganlar yiliga 1 tilladan soliq to‘laganlar. Davlat yerini ijaraga 
oluvchilar bevatan, xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar koranda, vaqf 
yerlarini ijaraga oluvchilar esa vaqfchi deb atalgan. Ijaraga olingan 
15 tanob yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar 34, 10 tanob yerga 
23 va 5 tanob yerga esa 12 kumush tanga miqdorida soliq to‘lagan.
Xonlikda keng tarqalgani vaqf yerlari edi. Uning hajmi sug'orila- 
digan va aholi yashaydigan yerlarning 40 foizga yaqinini tashkil et- 
gan. Vaqf yerlari ham yuqorida aytilganidek, ijaraga berilgan.
Xiva xonligida shartli (vaqtincha) yer egaligining boshqa ikki 
o‘zbek davlatlarida mavjud bo‘lmagan otliq deb atalgan shakli ham 
mavjud edi. Xiva xonlari harbiy yurish chog‘larida, asosan, turkman 
qabilalarining otliqlariga tayanganlar. Harbiy harakatning qanday nati- 
ja bilan tugasbi ko‘p jihatdan ularga bog‘liq edi. Shuning uchun ham 
bar bir otliq hisobiga foydalanish uchun 3 0 -5 0 tanob yer mulki 
berilgan. ,,Otliq“ olgan yer egasi xon talab qilgan vaqtda bir otliq 
askarni qurollantirib xon huzuriga yuborgan. Yerlar har uch yilda bir 
marta qayta xatlovdan o!tkazilgan.
Nihoyatda noqulay tabiiy sharoitda ekinzorlarga suv chiqarish va 
dehqonchilik qilish xonlikda ancha mashaqqatli mehnat talab etardi. 
Mehnatkash xalq bu mashaqqatlami mardonavor yengib o‘tgan.
Mehnatkash xalq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini juda og‘ir tabiiy 
sharoitda yetishtirganlari uchun adolat yuzasidan ijaradorlaming ulushi 
yetishtirilgan hosilning 75% ini tashkil etgan.
Barcha davlatlarda bo‘lganidek, Xiva xon­
ligida ham aholi to ‘laydigan soliqlar va 
ular o ‘taydigan majburiyatlar belgilab qo‘yilgan. Xonlikdagi asosiy 
soliq yer solig'i boMib, u salg'ut deb atalgan. Hunarmandlar, tash- 
qi savdo bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to ‘- 
lashgan. Uning miqdori mulk qiymatining 2,5% ini tashkil etgan. 
Ba’zi hollarda barcha soliq yilning boshidayoq yoki bir necha yillik 
soliq avvaldan undirilishi mumkin edi. Soliqqa tortishning bu shak­
li barot deb atalgan. Bundan tashqari, aholi begar deb ataluvchi 
rasmau 12 kunlik davlat majburiyatiga jalb etilgan. Begar chog‘ida 
qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odam jalb etilgan. Ular 
har yili kanal qazishda, sug‘orish inshootlarini bunyod etishda yoki 
ta’mirlashda, yo‘llarni tuzatishda va turli binolar qurilishida mehnat 
qilganlar.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling