0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
Soliq va majburiyatlar
95 Xorazm davlati (keyinchalik Xiva xonligi) tarixida Ko‘hna Urganch, Vazir, Yangi Ur ganch va Xiva poytaxt maqomiga ega bo‘lgan shaharlardir. Ko‘hna Urganch (asl nomi Gurganj, miloddan avvalgi I asrdagi manbalarda uchraydi) X asming ikkinchi yarmida Xorazmda markazi Gurganj shahri bo‘lgan amirlik tashkil etildi. Amir Ma’mun ibn Muhammad 995-yilda Kot shahridagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va o‘zini Xorazm hukmdori - Xorazmshoh deb e’lon qildi. Shu tariqa, Gurganj Xorazm davlatining poytaxtiga aylandi. Sha- har tez sur’atlar bilan rivojlandi. Ilm-fan yuksaklikka ko‘tarildi. Xo razmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun aka- demiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o!nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar. Ko:hna Urganch Buyuk Xorazmshohlar davlatining ham poytaxti bo‘lgan. Biroq shahar Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan vayron qilindi. 22-mavzuda ta’kidlanganidek, Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gur ganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta boshladi. Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon 1646-yilda boshqa sha har - Yangi Urganch shahrini qurdirdi. Sarson-sargardon bo‘lib yur- gan aholini shu shaharga ko‘chirtirib keldi. Avvalgi Gurganch (Ur ganch) shahri endi Ko‘hna Urganch deb ataladigan bo‘ldi. Abulg‘oziy Bahodirxonning o‘g‘li Anushaxon hukmronligi davrida Yangi Urganch yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazildi. Kanal shahar obodonchiligida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Xiva Xorazmning eng mashhur va eng qadimiy shahridir. U mil. avv. V asrda bunyod etilgan. Uning butun tarixi Xorazm tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib keldi. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bi lan G‘arbni bog!lovchi savdo yo‘li o !tganligi bilan izohlanadi. Xiva XVII asrning birinchi choragidan 1920-yilgacha xonlikning poytaxti bo‘lib keldi. 1997-yilda (xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bi lan) Xiva shahrining 2500 yilligi katta shodiyona va faxr bilan ni- shonlandi. Shahar dunyoda „Ming gumbaz shahri“ nomi bilan ham mashhur dir. Xiva shahri 9 6 XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida ikkita xon saroyi, o‘n yettita masjid va yigirma ikkita madrasa mavjud bo‘lgan. XIX asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turuvchi ikki qism- ga - Ichan qal’a (Ichki shahar) va Dishan qal’a (Tashqi shahar)ga bo‘lindi. Ichan qal’a Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan 0 ‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir. Ichan qal’a Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog’cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan. Xorazm o‘lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari - madrasa, masjid, xon saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va minoralar Ichan qal’ada joylashgan. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli bun- yodkorlik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa va maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g‘arbiy qismidagi Ko‘hna ark yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi. 7 - O ‘zbekiston tarixi, 8-sinf Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling