0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Xiva - Rossiya 
munosabatlarining 
o‘ziga xos jihatlari
100


Xiva xonligi Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini 
arzon narxlarda yetkazib beruvchi o‘lka ham hisoblanardi. Xivadan 
Rossiyaga paxta, ipak, bo‘z, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari. 
quritilgan meva va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Xiva savdogarlari 
Nijniy Novgorod shahrida o'tkaziladigan yarmarkalarda qatnashganlar. 
Rossiyadan esa Xivaga metall, to‘qimachilik mahsulotlari, turli rangli 
bo‘yoqlar, mo‘yna terilari, qurol-aslaha keltirilardi.
Biroq har ikki davlat o ‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabat- 
larining qaror topishiga har ikki tarafning Kichik juz qozoqlarini va 
qoraqalpoqlami o‘z fuqarolari deb hisoblashlari, shuningdek, har ikki 
tomonning o‘zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq 
vaqt bir to‘xtamga kela olmaganliklari ham to ‘sqinlik qilmoqda edi. 
Xiva Rossi a 
Maqsadi 0 ‘rta Osiyoni egallashdan iborat 
munos^batlarhdng 
ЬоЧёап Rossiya o‘zbek davlatlariga, xususan, 
keskinlashuvi 
Xiva xonligiga turli bahonalarni ro‘kach qi- 
lib, bosim o‘tkazishni kuchaytirib bordi. 
Rossiya 1822-yilda 0 ‘rta juz va 1824-yilda esa Kichik juz xon- 
liklarini bo‘ysundirdi. Endi Rossiya chegarasi bevosita Xiva xonligi 
chegarasiga yaqinlashib qoldi. Bunday sharoitda Xiva xonligi qozoq 
cho‘llarining ikki davlat o‘rtasida bir-birini ajratib turuvchi hudud 
bo‘lib qolishi uchun harakat qildi. Biroq Rossiya buni istamadi. Oqi- 
batda, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat keskinlasha bordi.
Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi o!zbek davlatlariga suqilib 
kira boshladi. Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to‘l- 
dirish xavfi ham vujudga keldi. Shunday sharoitda Rossiya hu- 
kumati Xiva xonligiga nisbatan o ‘z talablari ko‘lamini tobora ke- 
ngaytirib bordi. Chunonchi, u Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo 
kemalarining suzishiga ruxsat berilishini ham talab etdi. Bora-bo­
ra Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy kuch orqali tartibga so- 
lish yo‘lini tanladi. Shu maqsadda 1839-yilda V. Perovskiy harbiy 
ekspeditsiyasi tashkil etildi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug‘i, oziq- 
ovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot 
ko‘rdi. Oqibatda, V.Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Lekin 
ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini 
Rossiya bilan kelishuv yo'lini axtarishga majbur etdi.
101



Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling