0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

„Majburiyatlar akti“
Rossiya hukumati endi Xiva xonligiga o‘z 
hukmini majburan o‘tkazishga kirishdi. Bu 
maqsadga erishish uchun G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik mis- 
siyasini yubordi.
Muzokaralar yakunida Rossiya bosimi ostida 1842-yilning 2 7-de- 
kabrida X iva-Rossiya o‘rtasida „Majburiyatlar akti“ deb ataluvchi 
shartnoma imzolandi. Shartnomada Xiva xonining Rossiya bilan 
tinchlik, mustahkam do‘stlik munosabatida bo‘lishi e’lon qilindi. Xiva 
xoniga, bundan tashqari. Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlari 
sodir etmaslik, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik, Ros­
siya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash kabi 
majburiyatlar yuklandi.
Bular aslida Rossiyaning o‘z xohish-istaklarini majburan bajar- 
tirishidan boshqa narsa emas edi. Shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi 
savdo aloqalariga ham katta e’tibor berildi. Mazkur masalada ham 
Rossiya o‘z xohish-istagini majburan qabul qildirdi. Chunonchi, boj 
to‘lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5 foiz miqdoridan oshmasligi 
belgilab qo‘yildi. Biroq Rossiya shartnomaning ana shu bandini ham 
amalda bajarmadi. Oqibatda, o‘zaro munosabatlar tobora keskinlashib 
bordi.
1847-yilda Rossiya xonliklarga olib boradigan yo‘lda harbiy is- 
tehkomlar qurdi. Bu istehkomlar Rossiya siyosatida 0 ‘rta Osiyoni 
harbiy yo‘l bilan ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining 
tasdig‘i edi. Bu hoi o‘zbek davlatlarini tashvishga solib qo‘ydi. 
0 ‘zbek davlatlarining Rossiyaga qarshi turishda Buyuk Britaniyaga 
suyanishi mumkinligi ehtimoli ham o‘zini oqlamadi. Bunga Rossi- 
ya-B uyuk Britaniya munosabatlarida o‘zgarish yuz berganligi sabab 
bo‘ldi. Afg‘onistonga qarshi urushda mag'lubiyatga uchragan Buyuk 
Britaniya Rossiya bilan kelishishga qaror qildi. Bu kelishuvga binoan 
Rossiya 0 ‘rta Osiyo bilan cheklanadigan bo‘ldi. Ayni paytda, Hin- 
distonga chiqish niyatidan voz kechdi. Buyuk Britaniya esa Rossi­
yaning o‘zbek davlatlariga nisbatan tutadigan siyosatiga qarshilik qil- 
maydigan bo‘ldi. Afg‘oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning 
Osiyodagi mustamlakalari o‘rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifa- 
tida e’tirof etildi.
102


0 ‘zbek davlatlari endilikda yakkalanib qoldi. Ularni faqat o‘zaro 
ittifoqlikLarigina saqlab qolishi mumkin edi. Afsuski, o‘zaro ziddiyat- 
ning kuchliligi hamda Rossiyaning harbiy qudrati oldidagi ojizlikdan 
paydo bo‘lgan qo‘rquv tufayli ular birlasha olmadi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling