0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Tarix
104


hukmdorga qo'lyozmaning bir bo‘limi bag‘ishlangan. Xorazm tarixi 
bo‘yicha eng qimmatli asarlardan biri „FLrdavs ul-iqbol“ („Jannat 
bog‘i“) asari Munis qalamiga mansub bo‘lib, unda Xorazmning qa- 
dimgi davridan 1825-yilgacha bo‘lgan tarixi bayon etilgan. Biroq 
Munis asarni yozib tugata olmadi. Asarning qolgan qismi jiyani 
Ogahiy tomonidan yozildi. Ayni paytda, Ogahiyning o‘zi ham „Dav- 
latning jannat bog‘i“, „Tarixlar sarasi“, „Sulton voqealarining maj- 
muasi“ hamda „Davlatlar gulshani“ kabi tarix faniga oid asarlar 
yozib qoldirdi. Ogahiy „Davlatning jannat bog‘i“ („Riyoz ud-davla“) 
asariga 1825-yildan 1842-yilgacha, „Tarixlar sarasi“da („Zubdat ut- 
tavorix“) 1843 -1 8 4 6 -yillargacha, „Sulton voqealarining majmuasi“ 
(„Jomi ul-voqeati sultoniy“) asarida esa 1 8 4 6 -1855-yilgacha bo‘lgan 
Xorazmning tarixini bayon etdi.
XVI asrda Xiva xonlari kutubxonalarida xat- 
ly*a” atikit°b 
totlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur 
xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammad- 
xonga ,,Shohnoma“ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko‘chirib 
berdi. XVII—XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Roziy, Bobojon 
Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi usta xattotlar ijod qildilar. Ular 
she’riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni katta mahorat bilan ko‘- 
chirdilar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bitta kitobni husnixat bilan 
yozish bir kishining mehnati emas edi. Shuning uchun har bir kitobni 
bezashda bir necha soha ustalari, xususan, qog'oz qirquvchi, kotib- 
xattot, muzahhib (oltin suvi yurituvchi), lavvoh (sarlavha bituvchi), 
miniaturachi rassom va sahhof (muqovalovchi)lar ishtirok etishgan.
Xiva xonligida ham ta’lim ikki bosqichli 
edi. Quyi bosqich - boshlang‘ich maktab 
bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘qish-yozishni o‘rganganlar. XIX asrda xon- 
likda 1,5 mingga yaqin boshlang‘ich maktab faoliyat ko!rsatgan. Mad- 
rasalar soni esa 103 tani tashkil etgan. Shundan 22 tasi Xiva shahrida 
joylashgan. Munis ta’lim sohasi rivojiga o!zining 1804-yilda yozgan 
„Savodi taTim“ asari bilan hissa qo‘shdi. Bu she’riy qo‘llanma savod 
chiqarishni yengillashtirishga, shuningdek, husnixatni rivojlantirishga 
morijallangan edi.
Madrasa ta’limning oliy bosqichi bo‘lib, unda diniy ilm bilan bir- 
galikda arab tili grammatikasi, mantiq, nutq madaniyati, matematika,

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling