0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Xonlikda ta’lim tizimi
105


geografiya, tarix fanlari o'qitilgan. Madrasani bitirganlar qozi, uning 
yordamchisi, masjid imomi lavozimlarida ishlaganlar. Ayrimlari mu- 
darrislik ham qilishgan. Ta’limning barcha xarajatlari, mudarris va 
talabalarning ta’minoti vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga 
oshirilgan.
1. Xiva xonligida Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligiga qaraganda 
madaniy sohada bunyodkorlik ishlari keng ko'lamda olib borilgan- 
ligining sababi nimada?
2. Xiva xonligida ijod qilgan adabiyot namoyandalari va ulai yarat- 
gan asarlar haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Tarix fani sohasida yaratilgan asarlar ro‘yxatini tuzing.
4. „Firdavs ul-iqbol“ va „Riyoz ud-davla“ asarlari haqida nimalarni 
bilib oldingiz?
5. Xiva qo‘lyozma kitob san’ati haqida so‘zlab bering.
/ Y V
29-§. Xiva xonligi tarixi bo‘yicha manbalar
A r x i v h u j j a t l a r i
Mana, Siz Xiva xonligining X V I-X IX asr 
birinchi yarmi tarixi bilan tanishib bo‘ldingiz. 
Xo‘sh, Siz bilib olgan tarixiy ma’lumotlar qayerlardan olingan? Ular, 
birinchi navbatda, tarixiy hujjatlarni o‘rganish natijasida to‘plangan. 
Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, 1873-yilda 
xon devonida saqlanayotgan hujjatlar ham Peterburg shahriga olib 
ketildi. Olib ketilgan hujjatlar faqat 1962-yildagina Toshkentdagi 
0 ‘zbekiston Davlat arxiviga olib kelindi. Xiva xonligi hujjatlarining 
ma’lum qismi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 
xazinasida ham mavjud.
Arxiv hujjatlari Xiva xonligining davlat tuzumi, soliq va majburi- 
yatlar, pul muomalasi, davlatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi, aho- 
lining xo‘jalik mashg‘uloti, savdo-sotiq ishlari kabi masalalar haqida 
qimmatli ma’lumotlar beradi.
XVII asr da yashagan Hasanbek Rumlu- 
Mahalhy tarixchilarning 
ni 
Eng go‘zal tarix“ asari XVI asr- 
Xiva xonligi tarixi 

, . . . .
. . , , .. r
, . 
ning birmchi yarmidagi Xiva tarixiga 
to gnsidagi asarlari 
,
bag ishlangan. Xiva xoni, tarixchi olim
Abulg'oziy Bahodirxonning (1603 — 1664) „Shajarayi turk“ asari,
ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Asarda juda katta tarixiy dalil-
106


lar to‘p1angan. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’- 
lumotlar beradi. U kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abul- 
g‘oziy Bahodirxonning o‘zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan 
davlatni birlashtirish yo‘lida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham 
tanishtiradi. Asarning 1512-1663-yillardagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tari- 
xiga. Xiva-Buxoro munosabatlariga bag‘ishlangan IX bobi tarix fani 
uchun katta ahamiyatga ega.
Mahalliy mualliflar orasida Munis va Ogahiy\d&mng tarixiy asarlari 
ham tarix uchun muhim manba hisoblanadi. Munisning „Firdavs ul- 
iqbol“ deb ataluvchi tarixiy asarining ahamiyati shundaki, unda Xo- 
razmning 300 yillik tarixi (1572-1825) yaxlit, tarixiy ketma-ketlikda 
bayon etilgan.
Munis vafot ctgach. xonlik tarixini yozish ishini Ogahiy davom 
ettirdi. Uning tarix fani bo‘yicha yozib qoldirgan asarlari haqida ol- 
dingi mavzuda ma’lumotga ega bo‘ldingiz.
Xudoyberdi Avaz Muhammadning 1831 - 1832-yillarda yozilgan 
„Dili g‘aroyib“ asari ham Xiva xonligi, uning shaharlari haqida mu­
him ma’lumotlar beradi.
. . . . . . .
Rossiya elchisi I.D.Xoxlov 1620-1622-yil-
Xiva ta rix i bo‘yicha 
.
Ian do‘stlashishga. savdo va elchilik aloqa- 
larini kengaytirishga ko‘ndirish, ularni Rossiyaning qudratli davlat 
ekanligiga ishontirish, tabiiy boyliklari va harbiy qudratini aniqlash 
kabi vazifalar yuklatilgan edi.
Uning elchiligi natijalari Rossiya podshosiga yuborilgan ma’- 
lumotlarda yozib qoldirilgan. Ma’lumotlar uning o‘ziga yuklatilgan 
vazifaning katta qismini bajarganligini tasdiqlaydi. Chunonchi, u 
Xiva va Buxoro munosabatlarining sovuq ekanligini, Xiva va Eron 
munosabatlari ham yaxshi emasligini, bojxona to ‘lovlari savdoni 
rivojlantirishga to ‘siq bo'layotganligi, chunonchi, boj bir davlatdan 
ikkinchisiga o ‘tgandagina emas, balki bir mamlakatning o ‘zida bir 
viloyatdan ikkinchisiga o4tganda ham olinishini qayd etgan.
1725-yilda Xivaga Rossiya elchisi bo‘lib kelgan Florio Beneveni 
esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan. 
Rossiya imperatori Pyotr I unga juda muhim vazifalarni yuklagan.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling