0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


ir tepa tor Qoraqalpoqlar tepa tomoni ingichkalashib chiqqan bosh kiyim —


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

ir tepa tor
Qoraqalpoqlar tepa tomoni ingichkalashib chiqqan bosh kiyim — 
qalpoq kiyib yurganlari uchun shunday nom bilan atalganlar.
£
Chingizxon Xorazmshohlar davlati poytaxti Urganch shahrini egal- 
lagach, uni suvga bostirish maqsadida Amudaryo to ‘g‘onini buzdirib 
tashlaganligi oqibatida Amudaryoning o‘zani ham o‘zgardi. Oqibatda
suvsiz qolgan Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining bir qismi Volga va 0 ‘rol 
(Yoyiq) daryolari bo‘ylariga, Sirdaryo vohalariga ko‘chib ketishga 
majbur bo'ldilar.
Oltin 0 ‘rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlat- 
lar ajralib chiqdi. Bu davlatlaming biri - XIV asr oxirida tashkil 
topgan No‘g‘ay (Mang‘it) xonligi edi. Uning chegarasi — Volga dar- 
yosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Ka­
ma daryosigacha bo'lgan hududlarni o‘z ichiga olardi. Binobarin
qoraqalpoqlar ko'chib borib joylashgan hududlar X IV -X V I asrlarda 
No‘g‘ay xonligi hududiga kirdi. No‘g‘ay va qoraqalpoq xalqlari o ‘za- 
ro siyosiy hamkorlikda, birlashma bo‘lib yashadilar. Ayni paytda, qo-
110


raqalpoqlar No‘g‘ay xooligi tarkibida o‘zlarinittg boshqaruv tizimiga 
ega edi. Keyinchalik No‘g‘ay xonligi parchalangach, 1556-yilda qo- 
raqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ко‘chib keldilar va qozoqlaming 
Kichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar. Shunday bo‘lsa-da, ular poytaxti 
Jankent shahri bo'lgan o‘z davlatlariga ega edi. Qoraqalpoqlarning 
bir qismi esa Xiva xonligi hududi chegarasida Orolbo‘yi o‘zbeklariga 
yaqin hududda yashab qolgan qoraqalpoqlarga kelib qo‘shildilar. Bir 
guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, yana bir guruhi 
Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar 
shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar" va „quyi qoraqalpoqlar“ga 
bo‘linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o‘rtasida 
bo‘sh yotgan yerlarga ham o‘rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv 
chiqarib, dehqonchilik bilan shug‘ullandilar.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling