0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Ichki va tash 
savdo
„• 
Л1 
1' 

yc
9 8


port qildi. Rossiyadan tegishli ravishda 270 va 486 ming rublli to­
var keltirildi. Bu Xivaning tovar chiqarishi 23 yil ichida 10 bara- 
var, tovar keltirishi esa 1,5 baravar ko'payganini bildiradi. Rossiya, 
ayni paytda, Xivani jahon bozori bilan bog‘lay oladigan tayanchiga 
bam aylandi. Shuning uchun ham savdogarlar bu aloqani yanada 
mustahkamlashga intildilar.
1. Xiva xonligida yer egaligi shaklida Buxoro amirligida uchramay- 
digan jihatnl toping.
2. Yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqlar miqdori nimaga 
bog‘liq edi?
3. Davlat qanday soliqlar joriy etgan edi?
4. Ko'hna Urganch va Yazir shahri haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Xiva nimasi bilan dunyoni lol qoldirib kelmoqda?
6. Xiva-Rossiya savdo aloqalarining rivojlauganligini tasdiqlovchi 
misollar keltiring.
Xonlikning Osiyo 
davlatlari bilan 
aloqalari
27- §. Xiva xonligining tashqi siyosati
XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining 
Buxoro, Qo'qon, Afg‘oniston, Eron, Hindiston 
va Usmonli kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy 
va elchilik aloqalari rivojlandi. Bunga, bir to- 
mondan, Xiva xonligi hududining 0 ‘rta Osiyo savdogarlari va Haj 
safariga boruvchilarning Kaspiy dengizi orqali muqaddas Макка va 
boshqa shaharlarga o!tish manzilgohiga aylanganligi, ikkinchidan esa 
chet davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish davlat xazinasiga da- 
romad keltirayotganligi sabab bo‘ldi.
Avvalgi mavzulardan Sizga ma’lumki, Xiva-Buxoro munosabatlari 
bar doim ham silliq kechmadi. Bu holat keyincbalik ham davom 
etdi. Chunonchi, ularning manfaati Marv viloyatida ham to ‘qnash 
keldi. Chunki Marv 0 ‘rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog‘lovchi 
muhim savdo yo‘li ustida joylashgan edi. Shuning uchun ham XIX 
asrning birinchi yarmida bu ikki davlat o‘rtasida bir necha bor o‘zaro 
urushlar yuz berdi. Chunonchi, Muhammad Rahimxon I 1822-yilda 
Marvni Buxorodan qaytarib oldi. Shundan keyin ham Marv uchun 
kurash to ‘xtamadi. Ikki davlat o ‘rtasida bir necha bor yuz bergan
99


urushlardan so‘ng, nihoyat, 1845-yilda Xiva xonligi Marvni uzil-kesil 
o‘ziga qo‘shib oldi. Biroq munosabatlar qanchalik keskin bo‘lmasin, 
o‘zaro savdo aloqalari to‘xtab qolmadi.
1812-yilda Xivaga Eron va qozoqlarning 0 ‘rta juz xonligidan el- 
chilar kelishdi. Ular bilan davlat chegaralari xavfsizligi va savdo- 
sotiq masalalarida kelishuvga erishildi. XIX asr boshlarida Xiva va 
Afg‘oniston o‘rtasida elchilik munosabatlari o ‘matildi. Muhammad 
Rahimxon I hatto Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan shoh 
Mahmudniag ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida yordam ham 
berdi. Bulling evaziga Afg‘oniston Xiva xonligi savdogarlariga KobuL 
bozorida erkin savdo qilish huquqini berdi.
Xiva xonligi Qo‘qon xonligi bilan ham o‘zaro munosabatlami 
mustahkamlashga harakat qildi. Chunonchi, 1843-1844-yillarda Xi­
vaga Qo‘qon xonligi elchilari keldi. Muzokaralar davomida ikki dav­
lat o‘rtasida hamdo!stlik va o‘zaro savdo aloqalarini yanada rivoj- 
lantirishga kelishildi. Tabiiyki, u yoki bu davlatga chet ellardan 
savdogarlarning muntazam kelishi ularga yaratiladigan qulay sharoit- 
ga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham Xiva xonlari chet ellik sav- 
dogarlarga shunday sharoit yaratish masalasiga katta e’tibor bergan- 
lar. Chunonchi, Olloqulixon ajoyib me’moriy obida, xonlik ustalari 
yuksak mahoratining ko‘zgularidan biri bo‘lgan Karvonsaroy maj- 
muasini bunyod ettirdi. Bu majmua 14 gumbazli tim (yopiq bo- 
zor), karvonsaroy va omborxonadan iborat qilib qurilgan. Bozorda 
Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Buxoro va Qo‘qon kabi davlatlardan 
keltirilgan mollar sotilardi. Karvonsaroy ikki qavatli bo‘lib, 105 huj- 
rali edi. Xiva xonligining anori, qovuni, uzumi, nashvatisi, anjiri va 
o‘rigining shirinligi chet ellarda ham mashhur bo‘lgan.
Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihat 
shunda ediki, o‘zaro savdodan har ikkala dav­
lat ham birdek manfaatdor edi. Xiva savdo- 
garlari uchun Rossiyaga boradigan savdo 
yo‘llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya sanoatining 
tayyor iste’mol mahsulotlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda, Ros­
siya Xiva xonligiga o‘z mahsulotlarini sotadigan bozor deb qarar 
edi. Rossiya mahsulotlari Yevropaning ilg‘or davlatlari tovarlari bilan 
raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan,

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling