0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Sud ishlari


orasidan imtihon o‘tkazish yo‘li bilan saralab olingan. G'oliblar xon 
farmoni bilan taqdirlanganlar. G‘olibning qozi etib tayinlangani to‘g‘- 
risida ularga xon yorlig‘i (,,Yorlig‘i xumoyun-u ali“) berilgan.
Muftiy qozi hukmining shariatga qanchalik mos kelishi haqida fat- 
vo chiqargan. Sud qarori muftiy unga o‘zining muhrini qo‘yganidan 
so‘nggina rasmiy maqomga ega bo‘lgan. Xiva shahrida 7 naiar muftiy 
faoliyat yuritgan. Ularga islom huquqining eng obro‘li namoyandasi- 
a ’lam rahbarlik qilgan. U muftiylar bergan xulosani ko‘rib chiqib 
uni yo tasdiqlagan, yo qaytargan. Sud ishi bo‘yicha shikoyatlar Xiva 
shahridagi 2 nafar Oliy qozilar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ular- 
ning biri qozi kalon, ikkinchisi esa qozi o ‘rda edi. Ayni paytda, 
qozi xoss mansabi ham bo‘lib, u xon xonadoni a’zolari o ‘rtasidagi 
masalalarni ко‘rib chiqqan.
Qozi askar esa qo‘shinda sodir bo‘lgan islom qonunlarining bu- 
zilishi bilan bog‘liq ishlar ustidan hukm chiqargan. Naqiblar - pay- 
g‘ambar avlodlari jamoasi vakillari bo‘lib, jamiyatning diniy hayoti 
sohasi uchun mas’nl edilar. Ular xonning eng ishonchli kishilaridan 
sanalgan va harbiy harakatlar chog‘ida doimo unga hamrohlik qilgan. 
Shuningdek, ular ta’lim sohasi ishlari uchun ham javobgar edi. Rais 
(qozi rais) esa jamiyatda shariat qonun-qoidalariga qanchalik amal 
qilinayotganligi ahvolini, shuningdek, ota-onalaming bolalarini mak- 
tabga yuborayotganligini kuzatih borgan.
Harbi ish 
Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I davrida 
muntazam qo'shin tuzildi. Mazkur qo‘shin xon nav- 
karlari deb ataldi. Uning umumiy soni 2 ming askardan iborat edi. 
Qo‘shinning Bosh qo‘mondoni yasovulboshi deb atalgan.
Tinchlik paytida xon navkarlari xon va uning oilasini ham qo‘- 
riqlagan. Qo‘shin va harbiy mansabdorlar Xiva shahriga yaqin at- 
rofdan ma’lum miqdorda yer maydoni hamda maosh bilan ta’min- 
langan. Xonlikda, shuningdek, nomuntazam qo ‘shin — xalq lashkari 
ham mavjud edi. XIX asr o‘rtalarida ularning soni 9 -1 0 ming ki- 
shini tashkil etgan. Biroq Buxoro qo‘shinidan farqli ravishda Xiva 
xonligi doimiy qo‘shini maxsus harbiy kiyim-boshga ega bo‘lma- 
gan. Harbiylar, asosan, har xil chopon kiyishgan. Xonlikda davlat 
chegarasini qo‘riqlash uchun ham qo‘shin ajratilgan. Chegara qo‘- 
shiniga qorovulbegi qo‘mondonlik qilgan.
93



Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling