0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Shu tariqa, 1770-yilda xonlikda qo‘ng‘irotlar sulolasining hukm-


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

86


Shu tariqa, 1770-yilda xonlikda qo‘ng‘irotlar sulolasining hukm- 
ronligi o‘rnatildi. Biroq bu sulola chingiziylar avlodiga mansub 
bo‘lmaganligi ucbun taxtda awalgi sulola vakillarini saqlab keldilar. 
Ular aslida soxta xonlar bo‘lib, amalda hccli qanday hokimiyatga 
ega bo‘lmaganlar.
8 7


Muhammad Rahimxon I 
davrida Xiva xonligi
Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan 
ancha mustahkamlandi. Muhammad Amin (1770-1790) ham, uning 
o‘g‘li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida 
boshqardilar. Faqat Avazning o‘g‘li Eltuzar 1804-yilda o‘zini xon deb 
e’lon qildi. Bu sana xonlik tarixiga qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligi 
rasman o‘rnatilgan sana sifatida kirdi. Sulola 1920-yilga qadar Xiva 
xonligini idora qildi.
Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun 
harakat qildi. Biroq u 1806-yilda X iva-B uxoro urushida halok
bo‘ldi.
Eltuzarxon vafot etgach, taxtga uning 
ukasi Muhammad Rahimxon I o‘tirdi. 
Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga 
kirishdi. Bu juda muhim, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi edi. 
Chunki Rossiya tomonidan mustahkamlangan Orenburg liniyasining 
paydo bo‘lishi Xiva xonligiga bevosita tahdid solmoqda edi. 
Ikkinchidan, Buxoro amirligining hujumlariga qarshi tura olish ham 
zarur edi. Xonlikni siyosiy jihatdan birlashtirmasdan va markaziy 
hokimiyatni mustahkamlamasdan turib chet el davlatlari tahdidining 
kuchini kamaytirish qiyin edi. Birlashtirish jarayoni turkman qabilala- 
rini ho‘ysundirishdan boshlandi. Turkmanlaming turli qabilalari qan- 
chalik qattiq qarshilik ko‘rsatmasinlar, birin-ketin bo‘ysundirib boril- 
di. Bo‘ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko‘chib ketdi. 
Biroq Eron hukumatining tazyiqi ostida hamda yaylov maydoni yo‘q- 
ligi natijasida yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldilar. Endi ular 
Xiva xoni tomonidan ajratib berilgan hududga joylashishga majbur 
bo‘ldilar. Shu davrdan boshlab, yovmut qabilasining taqdiri Xiva xon­
ligi bilan uzil-kesil bogMandi va xonlik fuqarolari tarkibiga olindi. 
Ularga ham soliq to‘lash belgilandi. Shuningdek, xon qo‘shiniga bel- 
gilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi.
Ular xon qo‘shinida sidqidildan xizmat qildilar. Muhammad Ra­
himxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan „xon navkarlari“ deb 
atalgan muntazam qo‘shinga tayanib yirik zodagonlar va Orolbo‘yi 
o'zbeklari qarshiligini sindirdi. 1811- уilda esa qoraqalpoqlar ham 
bo‘ysunishga majhur etildi. Shu tariqa, Muhammad Rahimxon I dav­
rida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda, uning hudud- 
lari yanada kengaytirildi.
88


Muhammad Rahimxon 
islohotlari
Mamlakatda nisbiy barqarorlik ta’minlandi. 
Ayni paytda, davlat boshqaruvi, soliq tizi- 
mida islohotlar o‘tkazildi. Bojxona xizmati 
va zarbxona tashkil etildi. 1809-yiLda tilla tangalar zarb etish yo‘lga 
qo‘yildi. Davlat boshqaruvi sohasida o‘tkazilgan islohotga ko‘ra, xon 
huzurida yuqori boshqaruv organi - Oliy Kengash ta ’sis etildi.
Vakolati cheklangan bo‘lsa-da, Kengash xon farmonlarini tasdiq- 
lovchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajardi. Oliy Kengash- 
ga xonning o‘zi rahbarlik qildi. Oliy Kengash ishida xonning yaqin 
qarindoshlari, mehtar, qo’shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom
bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Oliy Kengash majlisi 
haftada bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi si- 
yosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan. Ayni paytda, 
xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish uchun Kichik 
Kengash ham ta’sis etildi. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar, 
qo‘shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar.
Soliq tizimida o‘tkazilgan islohotga ko!ra, soliqlaming muntazam 
undirilishi ta’minlandi. Bunga yerdan olinadigan soliqning mahalliy 
hokimlar tomonidan yig‘ilishiga chek qo'yish, soliqlarning xon tomo- 
nidan tayinlangan davlat amaldorlari tomonidan yig‘ilishi tartibining 
o‘rnatilishi orqali erishildi. Ayni paytda, yer solig’ining ancha qismi 
pul shaklida yig‘iladigan va ulaming hammasi umumdavlat xazinasiga 
topshiriladigan bo‘ldi. Shuningdek, bojxona xizmatining tashkil etil- 
ganligi va oltin tangalar zarb etilib muomalaga chiqarilganligi dav­
lat xazinasiga tushumning ko‘payishiga xizmat qildi. Muhammad Ra­
himxon I mamlakatda ichkilikni taqiqladi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling