0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

83


Xiva-Buxoro
munosabatlari
Afsuski, X iva-B uxoro munosabatlari keskin 
kechdi. Buxoro xonligi Xiva xonligini o‘z mul- 
kiga qo‘shib olish ucbun bir necha bor urinib 
ko‘rdi. Abulg‘oziy Bahodirxon Buxoroning hujumini qaytardi. Keyin- 
chalik qulay imkoniyatlar bo'lganida o‘zi ham bir necha bor Buxoro 
hududlariga bostirib kirdi. Va nihoyat. 1662-yilda Buxoro xonligi bi­
lan sulh tuzdi. Abulg‘oziy Bahodirxon 1663-yilda hokimiyatni o‘g ‘li 
Anushaxonga topshirdi. Uning davrida ikki davlat munosabatlari ya- 
nada keskinlashdi. Anushaxon davrida X iva-Buxoro munosabatlari 
qanday kechganligi haqida aw algi mavzularda bilib olgan edingiz. 
Anushaxonni taxtdan ag‘dara olgan Subhonqulixon eshikog‘aboshi 
Shohniyozni Xivaga noib etib tayinladi. Biroq tez orada Xiva xon- 
ligida Buxoro, Rossiya va Eron manfaatlari to ‘qnashdi.
Manfaatlar to‘qnashuvi Shohniyozning Subhonqulixonga xiyonat 
qilishidan boshlandi. Shohniyoz o‘z hokimiyatini mustahkamlashga va 
Buxoroga qaramlikdan qutulishga intilib, Rossiya siymosida kuchli 
homiyga ega bo‘lmoqchi bo‘ldi. 1700-yilda u Subhonqulixonga bil- 
dirmay, Pyotr I huzuriga elchi yuborib, o‘ziga tobe bo‘lgan butun 
xalq bilan birga Rossiya qaramog'iga qabul qilishni so‘radi. Pyotr I 
1700-yilning 30-iyunidagi farmon bilan bu iltimosga rozilik bildirdi. 
Biroq bu farmon amalda hech naf keltirmadi. Xiva xonligining 
parokandaligi Sherg‘oziyxon davrida (1715 — 1727), ayniqsa, yaqqol 
namoyon bo‘ldi. 0 ‘zaro ichki mojarolar tufayli yemirilayotgan 
davlatning ichki ahvoli chet davlatlarning aralashuvi sababli yanada 
mushkullashdi. Chunonchi, 1714-yilda Pyotr I uyushtirgan A.Bekovich- 
Cherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiya o‘sha paytda qudratli Rossiya 
davlatining Xivani o‘z ta ’siriga bo‘ysundirish yo‘lidagi dastlabki uri- 
nishi bo‘ldi. Ammo bu ekspeditsiya fojiali tugadi. Shundan keyin 
Xiva ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo!lishi xavfi ostida 
yashadi. Biroq „Shimoliy urush“ bilan band bo‘lgan Rossiya harbiy 
harakat boshlay olmadi. Shunday bo!lsa-da, Вekovich-Cherkasskiy 
harbiy ,,ekspeditsiyasi“ning halokati X iva-R ossiya munosabatlarini 
keskinlashtirib yubordi. Bunday sharoitda Sherg‘oziyxon Buxoro bilan 
munosabatlarni yumshatishga harakat qildi. Lekin Rossiya hujumi xavfi 
saqlanib turgan bir paytda har ikki o‘zbek xonligi o‘zaro hamjihat 
bodishga intilish o‘miga ulaming munosabatlaridagi keskinlik yanada
84


kuchaydi. Bunga Buxoro xoni Abulfayzxooning orolliklarni Xiva xo- 
niga qarshi gijgijlashi sabab bo‘ldi, Natijada, Orolbo‘yi aholisi Xiva 
xonligidan ajralib chiqdi. Xiva xonligida boshlangan o‘zaro kurash 
goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg‘oziyxonning va- 
fotiga qadar davom etdi. Qabilalar o ‘zaro kelisholmagach, endi 
taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlami o‘tqazish boshlandi. 
1728-yilda taxtga o‘tqazilgan Elbarsxon ularning birinchisi bo‘ldi 
(1728-1740). Eron shohi Nodirshoh xonlikdagi siyosiy beqarorlikdan 
foydalanib, 1740-yili Xivani bosib oldi va Xivaga o‘z odamini ho- 
kim etib tayinladi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Biroq 
Eronga qaramlik davrida ham ichki nizolar to ‘xtamadi. Aksincha, 
taxt uchun qabilalararo ayovsiz kurash boshlandi. Taxtga esa atayin 
chingiziylar avlodiga mansub xonlarni o‘tqazish davom etdi va ular 
tez-tez almashtirib turildi. Bu hodisa xonlik tarixiga „xonlar o‘yini“ 
nomi bilan kirdi.
Xonlar esa amalda inoqlar qo‘lida itoatkor bo‘lib qoldilar. 0 ‘zaro 
ichki kurashlarda ma'lum muddat turkman yovmutlarining qoTi baland 
keldi. Ular 1764-yilda hokimiyatni amalda o‘z qoTiga oldilar. Biroq 
ular davlatni boshqarishni eplay olmadilar. Ularning zo‘ravonlik va 
talonchiliklari xonlik aholisini, ulami qoTlab-quwatlagan kuchlarni 
bam o‘zlariga qarshi qilib qo‘ydi. Xonlikdagi bu ichki boshboshdoqlik 
qo‘ng‘irot qabilasi hokimiyat tepasiga kelgunga qadar davom etdi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling