0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


-§. Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

18-§. Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Hududi va aholisi
XEX asrda amirlik chegarasi Zarafshon vodiy- 
si, Qashqadaryo viloyati, Tojikistonning Pan- 
jikent, Hisor vodiysi, Xo‘jand, 0 ‘ratepa viloyatlari, Zarafshon daryo- 
sining yuqori oqimi hududlarini, hozirgi Afg!onistonning bir qismi, 
Turkmanistonning Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan qismi, Qozog‘is- 
tonning Turkistonigacha bo‘lgan barcha hududlarini o‘z ichiga oldi 
va 200 ming km2 ni tashkil etdi. Binobarin, amirlik hududi ash- 
tarxoniylar davridagiga nisbatan bir necha martaga kengaydi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab amirlik iqtisodiyotida 
rivojlanish yuz berganligi, o ‘z navbatida, aholi sonining oshishiga 
sabab bo‘ldi. XIX asrning birinchi yarmida amirlik aholisi 2 million 
kishidan iborat edi. Aholining aksariyat qismini o‘zbeklar tashkil 
etgan.
Amirlikda o'zbeklardan tashqari tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, 
qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, forslar, arablar, yahudiylar va boshqa xalq 
vakillari ham yashashardi. Aholining katta qismi o'troq hayot kechir- 
gan. Aholining ijtimoiy tarkibini hukmron zodagonlar. ulamolar, diniy 
va dunyoviy muassasalar xizmatchilari, savdogarlar, hunarmand va 
dehqonlar tashkil etgan.
Amirlik iqtisodiyotida qishloq xo!jaligi yetakchi 
tarmoq edi. 90 foiz aholi shu tarmoqda mehnat 
qilardi. Sug‘oriladigan yerlarning 75 foiziga paxta ekilgan. Qolgan 
yerlarda bog‘, poliz va sabzavot mahsulotlari, tog‘larda esa butun 
Osiyoda mashhur tog‘ pistasi yetishtirilgan.
Hududi va aholisi
5 - O ‘zbekiston tarixi, 8-sinf
65


Chorvachilik ham juda rivojlangan. Uning asosini qo‘ychilik tash- 
kil etgan. Mamlakat yaylovlarida 12 million bosh qo‘y boqilardi. 
Ayniqsa, husndor jingalak, qimmatbaho teri beradigan qorako‘l qo‘y- 
chiligi nihoyatda rivojlangan edi. ,,Qorako‘l qo‘ylari“ deb ataladigan 
qo‘yning vatani Qorako‘l bekligi bo‘lgan. Shuning uchun qo‘yning 
bu nasli qorako‘l deb atalgan. Qo‘zilarining terisi jahon bozorlarida 
ham juda xaridorgir bo‘lgan.
0 ‘rta Osiyo sharoitida hamma zamonlarda sun’iy sug‘orishsiz 
qishloq xo‘jaligini rivojlantirib bo'lmagan.
Mehnatkashlaming matonatli mehnati, sabr-toqati, sug‘orish in- 
shootlarining muqim ishlashini ta ’minlar edi. Dehqonlar suvdan foy- 
dalanishda asrlar davomida juda katta tajriba to!plagan edilar. Ular 
shunday sug‘orish inshootlarini bunyod eta olganlarki, unga tan ber- 
maslikning iloji yo‘q edi. Xususan, suv ayirg‘ich to‘g‘oni qurishdagi 
mohirlik buning isbotidir.
Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishlatiladigan 
suv ayirg‘ich edi. Shunday chig‘irlar ham yaratilganki, ular suvni 
hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib bera olardi. Suvni 
chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tutqichli suv ayirg‘ichlar ish- 
latilar, bunda ot, tuya, eshak va ho‘kiz kuchidan foydalanilar edi.
Dehqonchilik mehnat qurollari nihoyatda sodda edi. Oddiy dehqon 
so‘qasi (omoch) asosiy dehqonchilik quroli edi. Ot, ho‘kiz, tuya, 
eshak dehqonning suyanchig‘i hisoblangan.
Yer e ali i 
Amirlikda avvalgidek yer egaligining davlat (hu 
amlok yerlar deb ham atalgan), mulk (xususiy) va 
vaqf shakllari saqlanib qoldi. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to‘- 
qayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berildi. Ular bu yer- 
lardan foydalanganliklari uchun davlatga belgilangan tartibda soliq 
to‘lashgan. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat 
yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat 
mansabdorlariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg'ol shakli- 
da in’om etilgan edi. Lekin mang‘itlar hukmronligi davrida suyur- 
g‘ol egalari ashtarxoniylar davridagidek mavqedan mahrum etildi. 
Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy hukm- 
doming chaqirig'iga ko‘ra, zarur holatlarda o‘z qora cherigi bilan 
harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.
66


Mangritlar davrida tanho in’om etish kuchaydi. Tanhodor yerga 
etnas, mansabining darajasiga qarab shu yerdan olinadigan soliqning 
ma’lum qismiga egalik qilardi. Eng kichik tanho yeri 3 6 -6 0 tanob 
(3 -5 gektarjni tashkil etgan. Xazinaga eng ko‘p soliq ham ana shu 
yerlardan tusha boshladi. Shuningdek, mang'itlar davrida dehqon ja- 
moalari tugatildi. Uning o ‘rnida ijarachi dehqon shakllana bordi. Yer- 
mulk egaligining bir qismi davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan. 
Bunday yerlar, asosan, amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arab- 
lar jamoasiga qarashli bo‘lgan. Bu yerlardan 1/10 qismi miqdorida 
soliq olingan. Mulk yerlarining ikkinchi qismi (mulki hur) davlat 
xizmati bilan bog'liq edi. Bunday yerlar urushlarda jasorat ko‘rsatgan 
yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko‘rsatgan 
shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan.
Bunday yerga ega bo‘lgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan 
hamda ular barcha soliqlardan ozod etilgan.
Vaqf yerlari — bu masjid, mozor, xonaqoh, maktabxona, madrasa 
va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar edi. Bu yerlar musodara etilgan, 
davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga 
vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf- 
xarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris hamda mutavallilarga beri- 
ladigan nafaqa va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad hiso- 
bidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab 
qo‘yilgan.


Xiroj amirlik davrida ham davlatning asosiy so-
lig‘i bo‘lib qolaverdi. Uning miqdori hosilning 
2/5 qismini tashkil etgan. XIX asrda xirojning bir qismi pul bilan 
bam yig‘ila boshlandi. Bog‘, poliz, sabzavot ekilgan yerlardan esa 
tanobona deb atalgan soliq olingan. Bu soliqning miqdori ekinzorning 
bozorga uzoq-yaqinligiga bog‘liq edi.
Keyinchalik polizlarga yangi soliq - qo'sh puli solinadigan bo:ldi. 
Uning miqdori yer haydashga yaroqli har bir juft ho‘kiz hisobidan 
kelib chiqib belgilangan. Zakot deb ataluvchi soliqning hajmi soliq 
solinadigan mol-mulk miqdorining va qiymatining 2,5 foizini tashkil 
etgan. Zakotga, asosan, chorva mollari egalari va savdogarlar tortil- 
gan. Tanobona, zakot, qo‘sh puli soliqlari esa faqat pul shaklida 
olingan. Harbiy harakatlar chog‘ida aholi uchun favqulodda soliq -
to ‘la joriy etilgan.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling