2 Ma'ruza: Gidrodindmika. Suyuqlik xarakatining asosiy xarakteristikalari Reja: Gidrodinamikaga oid umumiy tushunchalar


Download 55.75 Kb.
bet1/3
Sana12.10.2023
Hajmi55.75 Kb.
#1699636
  1   2   3

2 Ma'ruza: Gidrodindmika. Suyuqlik xarakatining asosiy xarakteristikalari
Reja:
1. Gidrodinamikaga oid umumiy tushunchalar.


2. Суюқлик ҳаракатининг асосий ҳарактеристикалари


3. Гидравлик радиус ва эквивалент диаметр


Tayanch iboralar: Suyuqliklar, nasos, kompressorlar, xajmiy sarf, Massaviy sarf, gidravlik radius, ekvivalent diametr.


Gidrodinamika - mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. Gidrodinamika suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlangan qismi boʻlib, gaz dinamikasiga oid masalalar ham shu boʻlimda oʻrganiladi. Suyuqliklarning nazariy modelini tuzish asosida yotuvchi fizik xossalari qatoriga ularning uzluksizligi yoki tutashligi, yaʼni suyuqlikni tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi, yengil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi. Gidrodinamika nazariyasida tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni tavsiflovchi qovushoqlikka ega boʻlgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun uzluksizlik tenglamasi va Navye-Stoks tenglamasidan foydalaniladi. Ushbu tenglamalar suyuqlikning elementar hajmiga massa va harakat miqdorining saqlanish qonunlarini tatbiq qilish natijasidir. Ularni umumiy holda yechish ancha murakkab boʻlib, ayrim xususiy hollarda va ushbu soddalashtiruvchi taxminlardagina yechim oxiriga yetkazilishi mumkin: qovushoqlik mavjud emas (ideal suyuqlik) — bu hol gidrodinamikaning Eyler tenglamalariga olib keladi. Kichik qovushoqlik holi (havo, suv), uyurmasiz yoki potensial oqim; turgʻunlashgan, yassi oʻqaviy simmetrik bir oʻlchamli harakat. Suyuqlik ayrim elementar hajmlarining jadal aralashuvi bilan ifodalanuvchi turbulent harakat holida vaqt boʻyicha "oʻrtacha" suyuqlik modeli ishlatiladi. Gidrodinamika tenglamalarining ushbu hollar va bjshqa hollarda yechishda oʻxshashlik mezonlaridan foydalanuvchi oʻxshashlik nazariyasiga asoslangan gidrodinamik tajribalardan foydalaniladi.
Gidrodinamika tarkibiga filtrlanish nazariyasi, suyuqlikning toʻlqin harakatlari nazariyasi, uyurmalar nazariyasi, kavitatsiya nazariyasi, glissirlash nazariyasi kiradi. Gidrodinamika usullari vositasida gidravlika, gidrologiya va gidrotexnika masalalarini hal qilish hamda gidroturbinalar, nasoslar, quvur oʻtkazgichlar (truboprovodlar) va boshqalarni muvaffaqiyatli hisoblash mumkin, ulardan samolyotlar va kemalarni loyihalashda foydalaniladi.

Download 55.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling