2 Ma'ruza: Gidrodindmika. Suyuqlik xarakatining asosiy xarakteristikalari Reja: Gidrodinamikaga oid umumiy tushunchalar


Download 55.75 Kb.
bet2/3
Sana12.10.2023
Hajmi55.75 Kb.
#1699636
1   2   3
Umumiy tushuncha
Suyuqliklarning truba quvurlari va kanallarda oqishi, harakatga keltiruvchi kuch, ya'ni bosimlar farqi ta'sirida ro'y beradi. Ushbu kuch nasos, kompressorlar, ayrim hollarda suyuqliklar zichligi yoki satxining farqi yordamida xosil qilinadi.
Ma'lum miqdordagi suyuqlikni zarur tezlikda uzatish uchun bosimlar farqini aniqlash kerak Undan tashqari, uzatish uchun kerakli energiya miqdori yoki bosimlar farqi ma'lum bo'lsa, Suyuqlik sarfi va tezligi topiladi. Yuqorida ko'rsatilganlarni amalga oshirish uchun gidrodinamika qonuniyatlarini bilish darkor.
Gidrodinamikada tashqi va ichki masalalar bo'ladi. Truba va kanallar ichidagi suyuqlikning harakati - bu gidrodinamikaning ichki masalasidir. Turli jismlar yuzasida suyuqlikning harakati — bu gidrodinamikaning tashqi masalasidir.
2. Suyuqlik harakatining asosiy harakteristikalari
Suyuqlik sarfi va tezligi. O'zgarmas ko'ndalang kesimli trubada suyuqlik harakatini ko'rib chiqamiz. Vaqt birligida ko'ndalang kesim orqali oqib o'tayotgan suyuqlik miqdoriga suyuqlik sarfi deyiladi. Agar suyuqlik sarfi m3/s3 m3/soat ulchov birliklarida o'lchansa - xajmiy sarf, kg/s, kg/soat larda o'lchansa - massaviy sarf deb hisoblanadi.
Oqim ko'ndalang kesimining turli nuqtalarida suyuqlik zarrachalarining tezligi bir xil bo'lmaydi.
Quyida keltirilgan truba o'qi atrofida suyuqlik tezligi maksimal, uning devoriga yaqinlashgan sari minimal qiymatga teng bo'ladi. Lekin, ko'pchilik hollarda truba ko'ndalang kesimi orkali oqib o'tayotgan suyuqlik tezliklarining taqsimlanish qonuniyatlari noma'lum yoki uni aniqlash juda qiyin. Suyuqliklarning haqiqiy tezligini o'lchash juda murakkab bo'lgani uchun, muhandislik hisoblashlarda zarrachalar o'rtacha tezligi ishlatiladi. Suyuqlik xajmiy sarfi Q(m3/s) ning truba ko'ndalang kesim yuzasi F(m2) nisbatiga o'rtacha tezlik k (m/s) deb nomlanadi:

Bundan xajmiy sarf,
Q=wF
Massaviy sarf G (kg/s) esa, qo'yidagi formuladan aniqlanadi:

bu yerda r - Suyuqlik zichligi, kg/m3
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan formulalar istalgan shakldaga ko'ndalang kesimli kanallar uchun xam tug'ri keladi.



Download 55.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling