0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Buxoro qo‘shini
62


Harbiy mansab va 
unvonlar
Amir davlat boshlig‘i sifatida amirlik qo‘shi- 
nining OHy bosh qo'mondoni edi. Undan 
keyingi o‘rinda vaziri harb (harbiy vazir) 
turgan. U qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalgan va topchiboshi deb 
ham atalgan. Unga barcha harbiy qismlaming sardorlari bo‘ysungan. 
Qo‘shinda pansodboshi (beshyuzboshi), yuzboshi, ellikboshi (pan- 
jaboshi), о ‘nboshi (dahboshi) kabi harbiy unvonlar bo‘lgan. Qal’a va 
qo‘rg‘onlardagi harbiy qism (garnizon) to'qsoba unvonidagi sarkarda 
tomonidan boshqarilgan. To‘qsoba unvoni o !sha davr Rossiya harbiy 
unvonlariga taqqoslaganda polk sardori mavqeyiga teng bo‘lgan.
Zaruriyat taqozo etganida dodxoh (bir necha polk sardori ma- 
qomida) va parvonachi (qo‘shin sarkardasi maqomida) harbiy hara- 
katlarga jalb ctilganlar.
Harbiy harakatlar chog‘ida harbiy qarorgoh (bugungi til bilan 
aytganda, shtab) boshlig'i vazifasi naqibga yuklatilgan. Qarorgoh 
boshlig‘i sifatida u harbiy harakatlarni rejalashtirgan. Harbiy kuchlarni 
jang maydonida to‘g‘ri taqsimlanishiga mas’ul bo‘lgan. Naqiblar har­
biy yurish paytida qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi va joylashuvi
uning harakatlanishi hamda urush olib borish borasida yetarli bilimga 
ega bo‘lgan. Ayni paytda, qo‘shinning old qismi, orqa qismi va o!ng 
hamda chap qanoti, markazi, pistirmalari haqida yetarlicha ma’lumotga 
ham ega bo‘lgan.
Amirlik qo‘shiniga qozi askar, muhtasibl&r va muftiy askarlar 
ham xizmat qilishgan. Ulaming har biri o ‘z mansabi doirasidagi ma- 
salalarni hal etgan. Chunonchi, muhtasib harbiy laming shariat qoi- 
dalariga qanchalik amal qilayotganliklarini nazorat qilib borgan.
Qozi askar bo‘lsa, harbiy qismlarda sodir etilgan jinoyat ishlarini
ariza va shikoyatlami ko'rib chiqqan va ular yuzasidan hukm chi- 
qargan.
Muftiy askar esa harbiylar ustidan qozi askar chiqargan hukmning 
shariatga qanchalik mosligi masalasini tekshirib ko‘rgan.
Amirlik muntazam qo‘shini vaqt-vaqti bilan ko‘rikdan o‘tkazib 
turilgan. Ko‘rikni amir, amir ishtirok eta olmaganida qo ‘shbegi o‘t- 
kazgan.
XIX asrning birinchi yarmida o‘zbek davlat- 
lari, xususan, Buxoro amirligi qo‘shinining 
qurol-yarog‘lari sifati past edi. Chunonchi,

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling