0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

etilishi ustidan nazorat 
e
л
.
qozikalon, mujtiy, muhtasib (rais) va
sadrlar tomonidan ta’minlangan.
Shayxulislom barcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda 
diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig!i bo‘lib, davlatda eng 
yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan. Uning martabasi shu 
darajada yuqori bo‘lganki, hatto boMajak hukmdor ham shayxulis- 
lomning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan.
U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat 
olib borgan. Shayxulislomga hatto Qozikalon -  Oliy qozi (bugungi 
kun voqeligi bo‘yicha aytganda Oliy sud raisi) ham bo‘ysungan.
Qozikalon lavozimi mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ik- 
kinchi lavozim edi. U sudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari, 
boquvchisini yo4qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlari ne- 
chog!lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan. Amirlik- 
da viloyat, tuman va qishloqlarda ham sudlar tashkil etildi.
Amirlikda muhtasib (rais)ning vakolati kengaytirildi. M a’lumki, 
muhtasib bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘y-
60


maslik, og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik oMchovlarining to‘g‘riligi 
hamda aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari 
ustidan bevosita nazorat olib borgan. Masjidlarga borib namoz o‘quv- 
chilar ro‘yxatini tekshirgan. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilini- 
shiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan.
Shuningdek, bu tizimda muftiy va sadrlar ham katta mavqega 
ega bo‘lishgan. Chunonchi, muftiy Qozikalon murakkab deb hisobla- 
gan turli diniy-huquqiy masalalar ho‘yicha shariatga asoslanib fatvo 
chiqaruvchi ulamo edi. U chiqargan fatvosini o‘z muhri bilan tasdiq- 
lagan. Qozi shu fatvo asosida hukm chiqargan. Sadr\ar esa vaqf 
mulklarining boshqaruvchilari edilar.
f t
Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o‘lchash uchun qo'llanila-
digan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni 8,33 sotix. 1 gektar yer
esa 12 tanobni tashkil etgan.
. Amirlikning davlat boshqaruvida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
. Amirlikning ma’muriy-hududiy jihatdan bo‘linishida nima asos qilib 
olingan va nega shunday qilingan?
. Amlok nima edi va u qanday boshqarilgan?
. Amirlikdagi yuqori davlat lavozimlari haqida nimalarni bilib ol- 
dingiz?
. Amirlikda sudlov ishlari qanday amalga oshirilgan?
. Bugungi kunda ham dunyo davlatlari orasida monarxiyalar mavjud. 
„Davlat va huquq asoslari“ fanidan olgan bilimlaringizga tayanib 
ular o‘rta asr monarxiyalaridan qaysi jihatlari bilan farq qilishini 
aniqlang.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling