0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

50


Mang‘itlar sulolasi 
hokimiyatining 
o ‘rnatilishi
lari haqida kelishuvga erishish vazifasini yukladi. Hakimbiy bu va- 
zifani uddaladi.
Buxoro Eron bosqiniga qarshi tura olmagach, Abulfayzxon taslim 
bo‘lish shartlari haqidagi shartnomani imzolashga majbur bo‘ldi.
Shartnomaga ko‘ra, Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa 
Eronga qaram davlat deb tan olindi. Shuningdek, katta miqdorda o‘l- 
pou to'landi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming 
nafarlik qo‘shin to‘planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo ‘natildi. Bu qo‘- 
shinga Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li Muhammad Rahim qo‘mon- 
don etib tayinlandi. Shu tariqa, Abulfayzxon amalda Eronga qaram 
qo‘g‘irchoq hukmdorga aylandi. Muhammad Hakimbiy esa qo‘shbegi 
(Bosh vazir) lavozimini egalladi. Butun hokimiyat amalda uning qo‘- 
lida to‘plandi. Endi ashtarxoniylar hukmronligining barham topisbi 
muqarrar bo‘lib qoldi.
Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi 
davrida o‘zbek qabilalaridan biri mang‘itlar- 
ning nufuzi baland edi. Bu qabila hokimiyat 
to ‘la ashtarxoniylar qo‘lida bo‘lib turgan 
davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qildi. Biroq, keyinchalik, Bu­
xoroda mang!itlar alohida nufuzga ega bo‘lish uchun astoydil ku- 
rashdilar va Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar.
Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgach, Rahimbiy o‘z qo‘- 
shini bilan Buxoroga qaytib keldi va o‘zining muntazam qo‘shinga 
egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun 
da’vogarlik qila boshladi. So‘nggi ashtarxoniy Abulfayzxon uni ota- 
sining o ‘rniga tayinlashga majbur bo‘ldi.
Nodirshoh 1747-yilda o'ldirilganidan so‘ng Eronda boshlangan 
ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga 
yo‘l ochdi. Uning buyrug‘i bilan Abulfayzxon 1747-yilda o‘ldirildi. 
Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzxonning o‘g‘li Abdulmo‘minni 
o‘tqazdi va uni o‘ziga kuyov qilib oldi. Ko‘p o‘tmay Muhammad 
Rahimbiy soxta xonlarni ham qatl ettirdi va 1756-yilda hokimiyatni 
to ‘la egalladi. Biroq mang‘itlar chingiziylar nasliga mansub emas 
edilar. Shuning uchun mang‘it hukmdorlari o‘zlarini xon deb emas, 
amir deb atadilar.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling