0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Tor ко 'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Tor ко 'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling...
Me’morchilik
Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va lining 
atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr 
davomida shu davming barcha muhandislik imkoniyatlari va jami- 
yatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko‘plab 
binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi.
Ulaming orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Qulbobo K o ‘- 
kaldosh, Nodir devonbegi, Ernazar elchr, Samarqandda qurilgan Shay- 
boniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ко ‘kaldnsh madrasalari 
me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon mad- 
rasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘janing o‘g‘li Baroqxon tomo- 
nidan qurildi. Madrasa gumbazining balandligi 22 metrni tashkil 
etadi. Bu madrasada yurtimizning mustaqillik yillarida ham katta 
ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi 
shakllantirildi. XVI asrning birinchi yarmida Samarqand hokimi Ya-
Nodir devonbegi
4 7


Registon maydom
langto'sh Bahodir vayrona holatiga tushib qolgan Registon maydonida 
Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasim. lining yonida esa 
Tillakori madrasa-masjidim o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod ettirdi. 
Unga tilladan ishlov berildi. Samarqand Registon ansambli o‘zining 
rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor pesbtoqlari, ulkan gum- 
bazlari bilan 0 ‘rta Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi 
sifatida jahon jamoatchiligi va sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etib 
kelmoqda.

.. , 
Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot
Buxoro xonhg.data hm 
Tslohot o4kazilishiga amal.
dorlar guruhini shakllantirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga 
aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha so- 
halar bo‘yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo‘lgan amaldorlar 
zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi. 
Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta'lim i 
joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta ’lim beriladigan bo‘ldi. Maktabda 
ikki yil o‘qigach, o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi.
Madrasa ta ’limi uch bosqichli bo‘lib, uning har bir bosqichida 7 
yil dan o’qilgan va o‘quv jarayoni 21 yil davom etgan. 0 ‘quvchilar 
ilohiyot ilmi, hisob-kitob, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’a- 
tidan ilm olishgan.
XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktabxonalar 
faoliyat ko’rsatgan. 0 ‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda 
o‘qitilgan. 0 ‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yu- 
rituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida
4 8


tashkil etilgan ho‘lih, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli 
kishilar o‘qituvchilik qilishgan. Ulami domla deyishgan. Qiz bolalar 
maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil 
etilgan. Qizlami otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol 
o‘qituvchilar o‘qitishgan. Bolalar maktabga 6 - 7 yoshdan berilgan va 
ular 5 - 8 yil davomida boshlang’ich ta’lim olganlar.
0 ‘quvchilarga avval harflar, keyin esa bo‘g‘inlar, ulami qo'shish 
orqali so‘z tuzish, ,,Haftiyak“ (Qur’oni Karimning yettidan biri) ki- 
tobini o‘qish o ‘rgatilgan. Hisob darslarida sonlar va to‘rt amal o‘r- 
gatilgan. 0 ‘quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Sa’diy She- 
roziy, Holiz Sheroziy va So‘fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob“ni 
o‘qib saboq olganlar. Qizlar maktabxonalarida uy-ro‘zg‘or tutish, pa- 
zandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o‘rganishga ko‘proq e’ti- 
bor berilgan.
Bolalar o‘qishni to‘liq o‘zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga 
o‘tganlar. Maktabxonalarda imtihonlar o‘tkazilmagan. 0 ‘quvchilarga 
maktabni bitirgani to‘g‘risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon 
o‘qishi, to‘g‘ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganli- 
gining isboti bo‘lgan.
Madrasa o‘rta va oliy o‘quv yurti hisoblangan. Madrasaga mak- 
tabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqti- 
doriga qarab 7 -1 2 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150 
dan ortiq madrasa bo'lgan. 0 ‘qish „Avvali ilm“ deb nomlangan fors 
tilidagi o‘quv qo'llanmasini o‘zlashtirishdan boshlangan. So‘ng arab 
va fors tilida yozilgan kitoblar o‘qitilgan. Ular talabalarga mudarris 
tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Keyin arab tili grammatikasi 
o‘qitilgan. Fiqh (huquq)ni o'rganish majburiy hisoblangan. Xonlikda 
ta’lim xarajatlari vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.
E ’tibor bergan bo‘lsangiz maktabxonalarda eng muhim tabiiy fan- 
lar o‘qitilmagan. Buning sababi, birinchidan, diniy mutaassiblikning 
kuchayganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xonlikning tashqi aloqasi 
o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolgan hamda 
ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligida 
edi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz zamonaviy, tabiiy va texnika 
fanlari yutuqlaridan bexabar qolishdi. Natijada, mamlakat taqdiri 
uchun mas’ul bo‘lgan hukmdorlar, davlati arkon, sulola vakillari o4z 
qobig‘iga o ‘ralashib qoldilar.
4 - O ‘zbekiston tarixi, 
8
-s in f 
4 9


3.
4.
5.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling