Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi
Download 43.7 Kb.
|
kurs ishi
Kirish Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirgan holda keljak sari shaxdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina tayyorgarlikni, bilimni, saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo‘lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir. Yurtboshimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek, IX-XV-asrda ma’rifatli dunyo ahillari Buxoriylar, Farg‘oniylar, Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklarni qanchalik izzat-ikrom qilgan bo‘lsa XXI asrda ham xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qo‘lga kiritishimiz kerak. O‘sha davrda ulug‘ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzuidagi nutqida ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyat va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni ob’ektiv tahlil qilib kadrlar tayyorlashda islohatlarga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. Avvalo ta’lim tizimi “...eski sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sakrashlardan butunlay xalos bo‘lmagan”ligi, o‘qitish, tarbiyaviy-ma’rifiy faolilyat mazmuni va uni tashkil etish dolzarb muammo ekanligi ta’kidlandi. Eski ta’lim tizimidagi bu kabi kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Download 43.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling