0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

XVIII asrda Buxoro-  
Rossiya munosabatlari
XVIII 
asrda Buxoro xonligi va Rossiya 
o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davr 
boshlandi. Bu davrga kelib Rossiyaning 
0 ‘rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq 
aloqlarida kamsitish siyosati yuritila boshlandi. Xususan, boj to ‘lovi 
miqdori oshirildi.
Ayni paytda, siyosiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, tabiiy boy- 
liklarga ko‘z olaytirish kayfiyati kuchaya bordi. Rossiyani, ayniqsa, 
0 ‘rta Osiyo oltinlari ham qiziqtira boshladi.
Pyotr I Buxoroni siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas 
deb hisobladi va amalda unga tazyiq o‘tkaza boshladi.
Shu maqsadda 1718-yilda Irtish daryosi sohilida yetti qo!rg‘ondan 
iborat shahar (Semipalatinsk) qurdirdi. Bu esa Buxoro xonligini tash- 
vishga solib qo‘ydi. Shuning uchun ham Abulfayzxon Rossiyaga elchi 
yubordi. U o‘z maktubida Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini 
ham so‘radi. Bunga javoban Rossiya hukumati 1721-yili Florio Be- 
nevenini elchi qilib jo ‘natdi. Rossiya elchisiga 0 ‘rta Osiyoga olib 
boriladigan suv va quruqlik yo‘llarini o‘rganish, rus savdosini ke- 
ngaytirish imkoniyatlarini aniqlash, Buxoro xonini Rossiya bilan 
ittifoq tuzishga ko‘ndirish, xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; 
qayerda qancha oltin konlari borligini aniqlash va ularni xaritaga tu- 
shirish; xonlikdagi qal’alar va qo‘shinning ahvolini o!rganish hamda 
xonlikning ichki ahvolini, shuningdek, Eron, Xiva va Usmonli bilan 
o‘zaro munosabatlarini o‘rganish vazifalari ham yuklatildi.
F.Beneveni Buxoroda 3,5 yil turib o‘z oldiga qo'yilgan masala- 
lar bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va 
1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi.
Pyotr I ning yurtimizni bosib olish niyati uning hayotligida 
amalga oshmagan bo‘lsa-da, keyinchalik vorislari tomonidan amalga 
oshirildi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling