0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


-§. Buxoro xonligida davlat boshqaruvi


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

9-§. Buxoro xonligida davlat boshqaruvi
Xonlik hududi, 
geografik joylashuvi 
va aholisi
28


Dodxoh mansabida ishlagan amaldor esa dargohga tushgan ari- 
zalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, dodxoh 
mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini ham nazorat qilib 
borgan.
Eng muhim davlat mansablaridan yana bin - ko'kaldosh mansa- 
bi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina ta- 
yinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o‘r- 
gangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan.
Bugungi kun voqeligi bilan aytganda, ko'kaldosh davlat xavfsizlik 
xizmati idorasi rahhari bo‘lgan. U nafaqat oddiy kishilarning, balki 
davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga nis- 
batan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan.
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasi bilan xon 
yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan.
Xonlikda eshikog'dboshi lavozimi ham muhim sanalgan. Chunki 
bu mansabga tayinlangan shaxs dargoh xavfsizligi va unda o‘rnatilgan 
tartibga rioya qilinishi uchun javobgar edi.
Katta mavqega ega bo'lgan shayxulislom lavozimini egallagan 
shaxs shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qozikalon (Bosh qozi) esa barcha bosqichlardagi sudlov ishlariga 
boshchilik qilgan.
Muhtasib (rais) lavozimni egallagan shaxs esa mamlakatda jamoat 
tartibining saqlanishi, diniy marosim va amallarga rioya etilishi, bo- 
zorlarda narx-navo va tarozilaming to ‘g‘riligi uchun mas’ul bo'lgan.
Mehtar lavozimiga tayinlangan mansabdor esa zakot va boshqa 
tushumlaming zarur o‘rinlarda ishlatilishini nazorat qilardi.
Xonlikda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, naqib un- 
voniga sazovor bo‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland edi. 
Chunonchi, u xonning yaqin va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni 
paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning mas- 
lahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham 
bajargan.
Avvalgi mavzularda aytilganidek, shayboniylarning davlat boshqa- 
ruvida dastlab an’anaviylik saqlandi. Oliy hukmdorlik, ya’ni xonlik 
otadan bolaga emas, balki sulolaning yoshi eng katta vakiliga o‘t- 
gan. Xususan, Muhammad Shayboniyxondan keyin taxtga o'tirgan

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling