0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


3-§. Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

10


3-§. Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad 
Shayboniyxon munosabatlari
„ . 


ж Avvalgi mavzuda ta ’kidlanganidek, XVI asr
о urning 8'У°®а 
bo‘sag‘asida Temuriylar davlati taxti uchun ku- 
may oniga c iqis 
1
rasy) maydoniga Zahiriddin Muhammad Bobur 
Mirzo ham chiqdi. Bobur Mirzo Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi 
edi. U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug‘ildi. Bolalik 
va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o‘tdi. Otasi Umar- 
shayx Mirzo (1455-1494) saroyida o‘z davriga yarasha barcha zarur 
bilimlarni egalladi. Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx Mirzoni o‘z 
hukmronligi davrida, dastlab Kobul viloyatiga, so‘ng Farg‘ona vi- 
loyatiga hokim etib tayinladi. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad hukm­
ronligi davrida Toshkent va Sayram ham Umarshayx Mirzoga berildi. 
Biroq o‘zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo‘l ostida 
faqat Farg'ona, Xo‘jand va 0 ‘ratepagina qoldi. Umarshayx Mirzo 
1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgach, hokimiyat 12 yoshli 
o‘g ‘li Bobur Mirzo qo‘liga o‘tdi.
Bobur yosh bo‘lganligi uchun davlat ishlarini ishonchli bek- 
lardan Hojiqozi va o‘qimishli, oqila onasi Qutlug* Nigorxonim 
yordamida boshqarardi.

Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar 
saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og‘irlashgan sharoitga 
to‘g‘ri keldi. U ham barcha taxt da’vogarlariga xos xususiyatlardan 
xoli emasdi. Uning orzusi ulug‘ bobosi Amir Temur saltanatining 
poytaxti bo‘lmish Samarqand taxtini egallash edi.
Muhammad 
Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temu-
Shayboniyxonning 
rUlar saltanatiga butunlay barham berish
Movarounnahr uchun 
edi' Bobur Mirzo bilan utlinS «‘rtasidagi
munosabat Shayboniyxonning ana shu 
niyatini yaqqol ko‘rsatib berdi. Onasining 
gapi bilan ish tutgan Movarounnahr hukmdori Sulton Ali Mirzoning 
kaltabinligi sababli Shayboniyxon 1500-yilda Samarqandni jangsiz 
egalladi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo qayg‘uga botdi. Bu safar 
ham orada xiyonat borligi uni chuqur iztirobga soldi. Shayboniyxon 
Samarqandni egallagach, Sulton Ali Mirzoni qatl ettirdi.
kurashga qo'shilishi
11


Movarounnahrning nufuzli davlat ar- 
boblari shayxulislom Abulmakorim bosh- 
chiligida Bobur Mirzoni Samarqand taxtini 
egallashga da’vat etdilar. Sulolasi man- 
faatiga sadoqatli bo‘lgan Bobur Mirzo 
1500-yilning kuzida Samarqandga yurish 
bosbladi va taxtni ikkinchi marta egalladi.
Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan 
tashqarida - Konigil (shahardan tashqaridagi 
hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da tu- 
rar edi.
Shayboniyxon bu voqeani eshitgach, 
bo‘lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik 
ko‘rdi. Bobur Mirzo bu galgi urush hal 
qiluvchi urushligini bilib Andijon, Toshkent, 
Hisor, Hirot va boshqa yerlarga yordam yuborishlarini so‘rab elchilar 
yubordi. Biroq amakisi - Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro 
va Qashqardagi tog‘asi Sulton Mahmudxondan yordam kuchi kelmadi. 
1501-yilda olti oylik qamaldan so‘ng Shayboniyxon Bobur Mirzoga 
sulh taklif etdi. Bobur Mirzo hech qayerdan yordam ololmagach, no- 
iloj, sulhga rozi bo‘ldi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda ha- 
qoratli bo‘lsa-da, unga rozi bo‘lmaslikdan boshqa chorasi yo‘q edi.
Og‘ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur Mirzo Samarqandni 
tark etib, ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o ‘zga yurtlarga ke- 
tishga majbur bo‘ldi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim (1523- 
1603-yillarda yashagan) o‘zining ,,Humoyunnoma“ asarida bu haqda 
quyidagilarni yozgan edi: „Xudoga tavakkal qilib Badaxshonot va 
Kobulga yuzlandilar“ .
1504-yilda Kobul viloyatida (Kobul - hozirgi Afg'oniston davlati- 
ning poytaxti) o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Bu yerda mustaqil davlat 
tuzishga jadal kirishdi. Qattiq intizomga bo‘ysunuvchi qo‘shin tuzdi. 
Qurilish, obodonlashtirish ishlariga katta e ’tibor berdi. Ko‘plab bog‘- 
rog‘lar yaratdi. Ulaming ichida Bog‘i Bobur ayniqsa mashhurdir.
Kobuldagi Bolo Hisor qal’asini o‘zining qarorgohiga aylantirdi. 
Shayboniylaming tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birga- 
likda chora ko‘rish maqsadida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy 
hukmdorlar qatorida Bobur Mirzoni ham maslahat yig!iniga taklif 
12
Zahiriddin Muhammad 
Bobur


etgaoligi, uning yuksak nufuzga ega ho'lganligini tasdiqlaydi. Bobur 
Mirzo shu taklifga ko‘ra Hirotga otlandi. Biroq Husayn Boyqaroning 
1506-yilda to‘satdan vafot etishi vaziyatni og‘irlashtirdi. 0 ‘zaro nizo- 
lari kuchliligi tufayli temuriyzodalar dushmanga qarshi ittifoq tuza 
olmadilar. Bu esa oxir-oqibat Temuriylar saltanatining butunlay bar­
ham topishiga olib keldi.
Bobur Mirzo tariximizda buyuk shoir, Movarounnahmi shayboniylar 
istilosidan saqlab qolish yo‘lida sobitlik bilan kurashgan hukmdor va 
sarkarda sifatida nom qoldirdi.
E
™r • 1494-yil —
Bobur Mirzo Andijon taxtiga o‘tqazildi.
JJ • 1500-yil —
Shayboniyxon Samarqandni egalladi.
• 1501-yil —
Bobur Mirzo Shayboniyxondan yengildi.
• 1504-yil —
Bobur Mirzo Kobulda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi.
1. Bobur Mirzo qanday sharoitda siyosat maydoniga kirib keldi?
2. Nima uchun Muhammad Shayboniyxon g‘alaba qozondi?
* V N

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling