0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Xurosondagi 
siyosiy ahvol
9


komil nabira, Alisher Navoiy chuqur e’tiqod qo‘ygan Mo'min Mir- 
zoning qatl etilishiga erishganlaridan so‘ng yanada kuchaydi. Qora 
kuchlarning maqsadi taxtga Boysung‘urni emas, uning o‘gay ukasi 
Muzaffar Husaynni o‘tqazish edi.
Badiuzzamon oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpe- 
sha shahzoda edi. U o‘z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’at- 
korlarni yig‘ib anjumanlar o‘tkazardi. 0 ‘zi ham go‘zal g !azallar bi­
tardi. Ulug‘ Alisher Navoiy uning bu fazilatlariga juda yuqori baho 
bergan.
Otasi Sulton Husayn Boyqaroning Muzaffar Husayn Mirzoga no- 
haq yon bosishi, o‘g‘li Mo‘min Mirzoning qatl etilishi oxir-oqibat 
Badiuzzamon va otasi o‘rtasida urush keltirib chiqardi. Urushda Ba­
diuzzamon yengildi. 0 ‘zaro qirg‘inbarot urushlar oxir-oqibat sulh 
tuzish bilan yakunlandi. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot 
etdi. Shundan keyin mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi. 
Badiuzzamon va Muzaffar Husaynlar bir vaqtda hukmdor deb e’lon 
qilindilar. Bu esa shuningsiz ham og!ir kunlami kechirayotgan Xu- 
roson davlatini parokandalikka olib keldi.
Temuriylar saltanatida boshlangan toj-u taxt uchun ayovsiz kurash 
oqibatida saltanat inqirozga yuz tutdi. Natijada, ko‘pdan buy on Te­
muriylar saltanati hududlarini egallashni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘ygan Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni 
egallab olishi uchun qulay sharoit vujudga keldi.
'“^T ■ 1447-yil - Shohrux Mirzo vafot etdi.
. ] ■ 1458-yil - Sulton Abu Said Mirzo vaqtincha bo‘lsa-da Temuriylar 
saltanatini birlashtirdi.
• 1506-yil - Husayn Boyqaro vafot etdi. Xurosonda qo‘shhokimi- 
yatchilik vujudga keldi.
1. Movarounnahrda temuriylar hukmronligining inqirozga yuz tutishiga 
nimalar sabab bo‘ldi?
2. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi haqida nimalarni 
bilib oldingiz?
3. Xurosonda temuriylar hukmronligining zaiflashib qolishiga nimalar 
sabab bo‘ldi?
/ Т Д Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy ahvolni taqqoslang. 0 ‘zaro 
o'xshash va o‘ziga xos jihatlarni aniqlang hamda ularni yozma 
ravishda qayd eting.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling