0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


5-§. Buxoro xonligining tashkil topishi


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

16


5-§. Buxoro xonligining tashkil topishi
Shayboniyxon halok bo‘lgach, uning o‘rniga 
°тть 
amakisi Ko‘chkunchixon taxtga o‘tirdi. Biroq
VahnkmronlM°n 
1511-yilda Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi 
marta egallaganida shayboniylar vaqtinchalik 
hokimiyatdan mahrum bo‘lib qoldilar. 1512-yil 28-apreldagi jang- 
da shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar 
qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo!lga kiritdilar. 
Ko‘chkunchixon 1530-yilgacha hukmronlik qildi.
Ko‘chkunchixondan so‘ng taxtga o‘g‘li Abu Said (1530-1533) 
o‘tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mah­
mud Sultonning o ‘g‘li Ubaydullaxon (1533-1540) qo!liga o!tdi. U 
1533-yilda xonlik poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi. 
Shu tariqa, Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshladi. 
Ubaydullaxon Buxoroga otameros mulk deb qarar edi. Chunki Shay­
boniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sultonga 
bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil et- 
gan davlatiari endilikda Buxoro xonligi deb ataladigan bo‘ldi.
Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil 
Safaviy qo‘shinining hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahmi ular- 
ning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi.
Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o'zining ma’naviy il- 
homchisi Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo'lgan din peshvosi Ab­
dulla Sabroniy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. U Ubaydullaxonning 
do‘sti ham edi. Ubaydullaxon safaviylar ustidan erishgan g‘alabasi 
tufayli Vatan mustaqilligini, xalq erkini va din-u diyonatini, or-no- 
musini saqlab qoldi. Ubaydullaxon bu g'alabani Mir Arabga bag'ish- 
ladi va 1 5 3 3 -1536-yillarda Buxoroda uning nomi bilan mashhur 
madrasa qurdirdi. Mir Arab madrasasi hali-hamon ilm-ma’rifat o‘cho- 
g‘i bo!lib qolayotir.
Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy bekorga „ Uning davlati va 
xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab- 
yashnadi“. deb yozmagan edi.
2—0 ‘zbekiston tarixi, 8-sin f 
1 7



Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling