0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Toj-u taxt uchon o‘zaro 
kurashning kuchayishi
Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi 
nufuzi har tomonlama o‘sdi.
Ubaydullaxon o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi 
sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg‘ol etgan 
Eron qo‘shinini bir necha marta mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ayni 
paytda, u mamlakat ichkarisidagi siyosiy tarqoqlikka barham berdi.
Ko‘chkunchixonning o ‘g‘li Abdullaxon I 
ning qisqa hukmronligidan so‘ng Movaro- 
unnahrda qo‘shhokimiyatchilik, ya’ni bir 
vaqtning o‘zida ikki hukmdor hokimiyati o'rnatildi.
Ulardan biri - Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon Buxoroda
ikkinchisi Ko!chkunchixonning yana bir o!g‘li Abdulatifxon Samar- 
qandda hukmronlik qila boshladilar. Biroq ularning hokimiyati 
mustahkam emas edi. Mamlakat amalda bir nechta mustaqil qismlarga 
bo‘linib ketdi. Chunonchi, Balx va Badaxshonda Pirmuhammadxon I, 
Toshkent va Turkistonda Navro‘z Ahmadxon, Karmana va Miyonqolda 
Iskandarxon mustaqil bo‘lib oldilar.
Mamlakatda ro ‘y bergan siyosiy tanglikdan Toshkent va Tur- 
kiston hukmdori, Suyunchxo‘janing o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon foy- 
dalanib qolishga qaror qildi. Samarqand hukmdori, amakivachchasi 
Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib 1540-yilda Buxoroni egalladi va ho- 
kimiyatni o‘z tarafdorlariga topshirdi. 1548-yilda Abdulatifxon vafot 
etgach, Samarqand taxtini egalladi. 0 ‘z nomidan tanga pul zarb et- 
tirdi. Movarounnahrning ko‘p shaharlarida uning nomi xutbaga qo‘- 
shib o‘qildi.
Biroq Karmana va Miyonqol hukmdori Iskandarxon va uning 
o‘g‘li Abdullalar Navro‘z Ahmadxonga itoat etishni istamadilar. Bunga 
qarshi Navro‘z Ahmadxon Miyonqolga yurish boshladi. Kuchlar nis- 
batida Navro‘z Ahmadxonning ustunligini bilgan ota-o‘g‘il Balxga 
ketishga majbur boTdilar. Abdullaxon Balx hukmdori - amakisi Pir- 
muhammadxonning yordamida Navro‘z Ahmadxonga qarshi bir necha 
bor yurish qilganidan so‘nggina g‘alabaga erishdi. MagTub bo‘lgan 
Navro‘z Ahmadxon Buxoroni tashlab Samarqandga qaytdi. So‘nggi 
jangda har ikki tomon ham g‘alaba qilishga ko‘zlari yetmagach, o‘r- 
tada sulh imzolandi. Sulhdan so‘ng Abdullaxon Amudaryodan o‘tib 
Maymanaga, Navro‘z Ahmadxon esa Buxoroda noibini qoldirib Sa­
marqandga qaytdi va 1556-yilda vafot etdi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling