Jaloliddin manguberdi


Download 49.73 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi49.73 Kb.
#1408397
  1   2
Bog'liq
JALOLIDDIN MANGUBERDI




JALOLIDDIN MANGUBERDI
(1198-1231)


13-asr boshida Xorazm O'rta Osiyoritng ulkan davlati edi. Uning sarhadlari Movaroun-nahrdan tashqari sharqda Yettisuv, g'arbda Eron, Turkiya, Iroq, Kavkaz ortigacha cho'zilgan. Mana shunday katta dav/at 1219-21-yillarda Chingizxon qo'shinlari hujumiga duchor bo'lgan.
Bu paytda Xorazmda Xorazmshohlarning knushteg\n\y\ar su\o\as\ (1097-123 hukm surardi. Xorazm shohi Alouddin Muhammad edi, U mo'g'ullar hujumidan sarosimaga tu-shib, poytaxtni tashlab qochish taraddudiga tushganida o'g'li Jaloliddin dushmanga qarshi kurashishni bir necha bor talab qildi. Biroq otasi ko'nmadi. U bu niyatini otasi vafotidan so'ng (1220) taxtga o'tirgach, amalga oshi-rishga muvaffaq bo'ldi. Jaloliddinning mo'g'ullarga qarshi birin-chi janggi Nasa shahri yaqinida cho'lda, pistirmadagi 700 kishilik qo'shinga qarshi bo'ldi. iKutilmaganda boshlangan bu jangga Jaloliddin 300 jangchisi bilan kirib, g'alaba qozongan.i Ancha ot-ulov, qurol-aslahani o'lja oldijChingizxonga qarshi mardonavor kurashi bilan o'zini ona Vatanning fidoyi far-zandi, mohir sarkarda ekanligini namoyish etdi. Chingizxon katta qo'shin to'plab Jaloliddin izidan tushdi. Gardiz qal'asi ya­qinida Chingizxonning ilg'or qismlarini tor-mor keltiradi va yo'lida davom etadi. Chin- gizxon Sind (Hind) daryosi bo'yida Jalolid­din qo'shinini qurshab oladi. Uch kecha-yu uch kunduzjang bo'ldi. Dushman qo'li ba-land kelayotganidan asirga tushishdan o'limni afzal bildi. Oila a'zolariga xazinani va o'zlarini daryoga otishni buyurdi-da, oti bilan o'zini suvga tash/adi. Sohildan suv-gacha o'n ikki gazlik tik jar edi. Oti bilan narigi qirg'oqqa kechib o'tdi. Uning bu harakatini kuzatib turgan Chingizxon, o'g'illariga qarata: «Haqiqiy ota o'g'il shun-day bo'lishi kerak», dedi.
Jaloliddin Hindistondan tortib, Ozarbayjon, Gruziyagacha bo'lgan katta hududda o'n yil ot surib, mo'g'ullarga qarshi kurashdi, musulmon xalqlarini dushmanga qarshi birlashtirish yo'lidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Yo u, yoki bu hokirn Jaloliddinga qarshi chiqa boshladi.
Ko'niya sultoni Alovuddin Kayqubod muxo-liflar kuchini Jaloliddinga qarshi birlashtirish-ga muvaffaq bo'ldi. 1230-yil 10-avgustda Arzinjon yaqinidag; jangda Jaloliddin kuchlari tor-mor keltirildi. Jaloliddin tushkunlikka tush­di. 1231-yilning 17-20-avgustlaridafojiali ra-vishda halok bo'ldi.
Yurt ozodligi yo'lida jonidan kechadi-gan bunday insonlarni fidoyi, jasur, mard deymiz. Buyuk bobokalonimiz Jaloliddin Manguberdi ana shunday inson sifatida kishilik tarixiga kirgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masi Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to'g'risida qaror qabul qil­di. Mazkur qarorga muvofiq, yurtimizda yubi-leyga katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirfldi. Urganch shanrida Jaloliddin Man­guberdi yodgorlik majmui barpo etildi. Sho-vot kanalining ikki qirg'og'ini tutashtirib, bu-tun bir me'moriy majmua qad rostladi. Uning markazida qo'lini qilich dastasiga qo'ygan Jaloliddinning purviqor haykali turibdi.
1999-yil 5-noyabrda Xorazm zaminida o'zbek xalqining dovyurak o'g'loni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag'ishlangan katta tantanalar bo'lib o'tdi.



Download 49.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling