0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

6 9
Hunarmandchilik


Ichki savdo
hamyonlar tayyorlanardi. Bozorda har bir turdagi huttarmandchilik 
mahsulotlari alohida-alohida rastalarda sotilgan.
XVI asrdaa boshlab Buyuk ipak yo‘li ahamiyati- 
ning yo‘qola borishi bora-bora 0 ‘rta Osiyo dav- 
latlari iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu esa Buxoroning jahon bozorida faol ishtirokohi bo‘lishi mum- 
kinligi imkoniyatini pasaytirdi. Oqibatda, davlat hayotida iste’mol 
ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo‘lolmadi. Bu esa, o‘z nav- 
batida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalash- 
gan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. 
Natijada oddiy hunarmandchilik ishlab chiqarishi sanoat ishlab chi- 
qarishi darajasiga ko‘tarilmadi. Shuning uchun ham ichki bozorda 
odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi 
yetakchi o‘rin egalladi.
Bozorlarda kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga du- 
chor etilardi. Xususan, bundaylar yarimyalang‘och holda aravada 
bozor ahliga sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo‘liga 
kirib, xaridorni aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi.
Bozorlar faqatgina xo‘jalik vazifasini o‘tab qolmagan. Ular ayni 
paytda o‘ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o‘tagan. 
Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o‘qib eshittirilgan. Ayb- 
dorlar jazolangan. Bayram kunlari esa turli tomoshalar namoyish eti- 
lar edi.
Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘l- 
sa-da, mamlakatning tashqi savdo aloqalari to’xtab 
qolgani yo‘q. Buxoro Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy bilan savdo 
aloqalari olib bordi. Bu davlatlarga amirlikda ishlab chiqarilgan ip 
gazlamalar, baxmal, qog‘oz, egar-jabduqlar, qurollaming ayrim turlari, 
meva va boshqa mahsulotlar eksport qilinardi. Asosiy savdo transporti 
tuya edi. Ba’zi savdo karvonlarining tuyalari bir necha yuz boshga 
yetardi.
Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko‘plab 
chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda hatto hind savdo- 
garlari va sudxo‘rlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor edi. 
Ular hind gazlamalari, bo‘yoqlari, shifobaxsh va ziravor o!tlar, dori- 
darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.
Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari tobora о ‘sib

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling