0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro-Rossiya munosabatlari
Amirlik tashqi
siyosatining asosiy tamoyillari 71 cha musulmonlarning amiri (mang‘itlar o‘zlarini shunday deb hisob- laganlar) sifatida musulmonlarning Astraxon orqali Makkaga Haj safariga borib kelishlarini ta’minlab turishni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo!lgan. Buxoro-Rossiya munosabatlari Mang‘it amirlari Rossiya bilan munosabatlarga doimo katta ahamiyat berdilar. (Buning sa- bablarini avvalgi mavzularda bilib olgan edi- ngiz.) Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlaming qaror topishida elchilar almashinuvi muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, XVIII asrning so‘nggi choragida elchi Ernazarbiyning Rossiyaga ikki bor tashrifi bu o ‘rinda tengsiz bo‘ldi. Ernazarbiy (Ernazar Maqsutov) keng dunyoqarashga va bilimga ega diplomat va savdogar edi. U har ikki davlat o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan munosabat qaror topishi uchun astoydil harakat qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash ishiga qo‘shgan hissasi uchun Ernazarbiyga hatto Rossiya imperatori Yekaterina II Buxoroda madrasa qurish uchun pul ham ajratdi. Ana shu pulga qurilgan va Ernazarbiy nomi bilan ataluvchi madrasa hozirgacha qad ko‘tarib turibdi. U elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari Astra xon shahrida Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga hamda amiriik fuqarolarining Astraxon orqali Haj safariga erkin borib kelish- larining kafolatlanishiga erishdi. Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham ko‘z- lagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida, uning topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli dav lati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini ham ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya orqali Istanbul shahriga borish uchun ruxsat so‘radi. Albatta, rus hukumati Buxoroning asosiy raqib- laridan biri Usmonli davlati qatorida turishini istamas edi. Shuning uchun ham rus hukumati Doniyolbiyning barcha iltimoslarini bajardi. Buxoro—Rossiya siyosiy munosabatlarida 1797-yilda amir Shoh- murod yuborgan Polvonquli qurchi elchiligi alohida o‘rin egallaydi. Polvonquli elchiligining yuborili shiga Eronning Buxoro amirligi xavf- sizligiga tahdid sola boshlaganligi sabab bo‘ldi. Bu davrda Kavkazda Rossiya-Eron munosabatlari ham keskinlashgan edi. Amir Shohmurod bu omildan foydalanishga qaror qildi va Buxoro-Eron o‘rtasida urush 72 kelib chiqqudek bo‘lsa, birgalikda harakat qilishni taklif etdi. Biroq Yevropadagi muammolari bilan band bo‘lgan Rossiya bu taklifni qabul qilmadi. Amir Haydar va Amir Nasrullo hukmronligi davrida ham Rossiya-Buxoro munosabatlari davom etdi. Har ikki tomon bir-biriga elchilar yuborib turishdi. Amir Haydar yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik savdogarlariga haq to ‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar. Ko‘tarilgan masalalardan chorva mollari boqishga ajratiladigan yerlar nchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo karvon- lari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi. Amir Nasrullo hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati oldiga, asosan, Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to ‘lovlarini ka- maytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni qo'ydilar. Bu davrda Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining 0 ‘rta Osi- yoga kirib kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. Chunonchi, Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu yerda o‘z narxidan 6 - 9 marta arzon bahoda sotila boshlandi. Amir Nasrulloning tog‘-kon mutaxassislari yuborish to ‘g‘risidagi iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan savdo karvo- niga qo‘shib jo ‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga uchradi va muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga qay tib ketdi. 1858-yilda Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya elchilari keldi. Bu Buxoro amirligining mustaqil davlat maqomidagi oxirgi elchilik bo‘ldi. Muzokaralar davomida Rossiya bilan savdo-so- tiq ishlarida Buxoro savdogarlariga katta imtiyozlar berildi. Ayni paytda, Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul qil- masligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga ruxsat bermasligini so‘rashini ma’him qildi. Biroq Rossiya imperiyasi hukm- ron doiralari o4zlarini Buxoro amirligiga qanchalik do‘st qilib ko‘r- satmasinlar, ular 0 ‘rta Osiyoni butunlay bosib olishga zimdan tay- yorgarlik ko4rmoqda edilar. Shuning uchun ham Rossiya Ignatyev elchiligidan keyin boshqa elchi yubormadi. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling