0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
83
Xiva-Buxoro munosabatlari Afsuski, X iva-B uxoro munosabatlari keskin kechdi. Buxoro xonligi Xiva xonligini o‘z mul- kiga qo‘shib olish ucbun bir necha bor urinib ko‘rdi. Abulg‘oziy Bahodirxon Buxoroning hujumini qaytardi. Keyin- chalik qulay imkoniyatlar bo'lganida o‘zi ham bir necha bor Buxoro hududlariga bostirib kirdi. Va nihoyat. 1662-yilda Buxoro xonligi bi lan sulh tuzdi. Abulg‘oziy Bahodirxon 1663-yilda hokimiyatni o‘g ‘li Anushaxonga topshirdi. Uning davrida ikki davlat munosabatlari ya- nada keskinlashdi. Anushaxon davrida X iva-Buxoro munosabatlari qanday kechganligi haqida aw algi mavzularda bilib olgan edingiz. Anushaxonni taxtdan ag‘dara olgan Subhonqulixon eshikog‘aboshi Shohniyozni Xivaga noib etib tayinladi. Biroq tez orada Xiva xon- ligida Buxoro, Rossiya va Eron manfaatlari to ‘qnashdi. Manfaatlar to‘qnashuvi Shohniyozning Subhonqulixonga xiyonat qilishidan boshlandi. Shohniyoz o‘z hokimiyatini mustahkamlashga va Buxoroga qaramlikdan qutulishga intilib, Rossiya siymosida kuchli homiyga ega bo‘lmoqchi bo‘ldi. 1700-yilda u Subhonqulixonga bil- dirmay, Pyotr I huzuriga elchi yuborib, o‘ziga tobe bo‘lgan butun xalq bilan birga Rossiya qaramog'iga qabul qilishni so‘radi. Pyotr I 1700-yilning 30-iyunidagi farmon bilan bu iltimosga rozilik bildirdi. Biroq bu farmon amalda hech naf keltirmadi. Xiva xonligining parokandaligi Sherg‘oziyxon davrida (1715 — 1727), ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ldi. 0 ‘zaro ichki mojarolar tufayli yemirilayotgan davlatning ichki ahvoli chet davlatlarning aralashuvi sababli yanada mushkullashdi. Chunonchi, 1714-yilda Pyotr I uyushtirgan A.Bekovich- Cherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiya o‘sha paytda qudratli Rossiya davlatining Xivani o‘z ta ’siriga bo‘ysundirish yo‘lidagi dastlabki uri- nishi bo‘ldi. Ammo bu ekspeditsiya fojiali tugadi. Shundan keyin Xiva ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo!lishi xavfi ostida yashadi. Biroq „Shimoliy urush“ bilan band bo‘lgan Rossiya harbiy harakat boshlay olmadi. Shunday bo!lsa-da, Вekovich-Cherkasskiy harbiy ,,ekspeditsiyasi“ning halokati X iva-R ossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi. Bunday sharoitda Sherg‘oziyxon Buxoro bilan munosabatlarni yumshatishga harakat qildi. Lekin Rossiya hujumi xavfi saqlanib turgan bir paytda har ikki o‘zbek xonligi o‘zaro hamjihat bodishga intilish o‘miga ulaming munosabatlaridagi keskinlik yanada 84 kuchaydi. Bunga Buxoro xoni Abulfayzxooning orolliklarni Xiva xo- niga qarshi gijgijlashi sabab bo‘ldi, Natijada, Orolbo‘yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdi. Xiva xonligida boshlangan o‘zaro kurash goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg‘oziyxonning va- fotiga qadar davom etdi. Qabilalar o ‘zaro kelisholmagach, endi taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlami o‘tqazish boshlandi. 1728-yilda taxtga o‘tqazilgan Elbarsxon ularning birinchisi bo‘ldi (1728-1740). Eron shohi Nodirshoh xonlikdagi siyosiy beqarorlikdan foydalanib, 1740-yili Xivani bosib oldi va Xivaga o‘z odamini ho- kim etib tayinladi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Biroq Eronga qaramlik davrida ham ichki nizolar to ‘xtamadi. Aksincha, taxt uchun qabilalararo ayovsiz kurash boshlandi. Taxtga esa atayin chingiziylar avlodiga mansub xonlarni o‘tqazish davom etdi va ular tez-tez almashtirib turildi. Bu hodisa xonlik tarixiga „xonlar o‘yini“ nomi bilan kirdi. Xonlar esa amalda inoqlar qo‘lida itoatkor bo‘lib qoldilar. 0 ‘zaro ichki kurashlarda ma'lum muddat turkman yovmutlarining qoTi baland keldi. Ular 1764-yilda hokimiyatni amalda o‘z qoTiga oldilar. Biroq ular davlatni boshqarishni eplay olmadilar. Ularning zo‘ravonlik va talonchiliklari xonlik aholisini, ulami qoTlab-quwatlagan kuchlarni bam o‘zlariga qarshi qilib qo‘ydi. Xonlikdagi bu ichki boshboshdoqlik qo‘ng‘irot qabilasi hokimiyat tepasiga kelgunga qadar davom etdi. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling