0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashida erishgan


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

80


Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashida erishgan 
g‘alabasi natijasida, 1512-yilda Xorazmning mustaqilligi tiklandi va 
bu mustaqil davlat keyinchalik Xiva xonligi deb atala bosh]andi. 
Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom etdi. 
Xiva shayboniylari Jo‘jixonning beshinchi o‘g ‘li Shaybon naslidan 
bo'lgan Arabshoh ibn Po'lodning avlodlari bo‘lganligi uchun arab- 
shohiylar deb bam ataladilar.
Ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy hayot
Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati sin- 
gari Xiva xonligi ham bir qancha katta- 
kichik mulklarga boMindi. Xonlikda yirik 
o‘zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga ay- 
landi. Ular xonlikning butun ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal etuvchi ta’- 
sir ko‘rsatib keldilar.
Ayni paytda, ular markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka, musta- 
qillikka intilishdi. Bu hoi o‘zaro nizolami chuqurlashtirdi. Buning 
ustiga, XVI asrning 70-yillarida Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga du- 
chor bo‘ldi. Uning asosiy sabablaridan biri - Amudaryoning o‘z o‘za- 
nini o‘zgartirib, Oral dengizi yo‘nalishida oqa boshlagani edi. Bu­
ning oqibatida eski o‘zan atrofidagi yerlar cho!lga aylandi. Aholi esa 
xonlikning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Bun- 
dan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi 
tomonidan bosib olinishi, shuningdck, o !zaro qabilaviy nizolar, og‘ir 
soliqlar hamda turli to‘lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavay- 
ron qildi. Savdo-sotiqqa katta putur yetdi.
XVI asrda 
Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki 
Xiva-Buxoro 
o‘zbek davlati - Buxoro va Xiva xonligi o‘rta- 
munosabatlari 
s^ a ° ‘zaro sovuq munosabatlar hukm surdi.
Buning asosiy sababi - xonliklarning bosqinchilik 
urushlari hisobiga o‘z hududlarini bir-birining hisobiga kengaytirishga 
urinishlari bo‘lsa, ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron su- 
lolalarning bir-biriga g'anim bo‘lib qolgan xonadonlarga mansubligi 
edi.
Buxoro xoni Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga hujum 
qilib, Xiva xonligini bo‘ysundirdi. Ubaydullaxon o‘g‘li Abdulazizni 
Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. 
Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashi natijasida matn- 
lakatning mustaqilligi tiklandi. Ubaydullaxon yuborgan qo‘shin esa
6 - O ‘zbekiston tarixi, 8-sin f 
g j


tor-mor keltirildi. Abdulazizxon Buxoroga qochib kelishga majbur 
bo‘ldi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki xonlik o‘rtasidagi 
adovat va g ‘animlik to‘xtamadi.
Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II Xiva xonligini bir necha bor, 
1598-yilda esa uzil-kesil bo‘ysundirdi. Biroq shu yilda Abdullaxon 
II ning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o'zaro toj-u 
taxt uchun kurashlar oqibatida Xiva xonligi yana mustaqil davlatga 
aylandi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling