0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Davlat tuzumi va 
boshqaruv tizimi
91


ko'rsatgan. Oliy Kengash, ayni paytda, taxt vorisi masalasini ham 
hal etgan.
Taxt otadan katta o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tgan. Qo‘ng‘irotlar 
davrida ham bo‘lajak xonni oq namat (kigiz)ga o‘tqazib, uning to ‘rt 
uchidan xonlikning eng yuqori martabali a’yonlari taxtgacha ko‘- 
tarib olib borish an’anasi saqlanib qolgan. Bosh vazir mansabiga 
tayinlangan amaldor mehtar deb atalgan. Bu lavozimga o‘troq aholi 
vakillari orasidan tayinlangan. Shuningdek, u vaziri a’zam, dasturi 
mnkarram, nizom al-mulk sifatlari bilan ulugTangan.
Keyingi martabali mansabdor qo'shbegi esa xonlikda to‘planadigan 
soliqlarning davlat xazinasiga tushishini ta’minlagan hamda moliya 
ishlari uchun. shuningdek, qo‘shinning holati uchun javobgar boTgan. 
Barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan. U amir, „sohibi devoni a’lo“ 
sifatlari bilan ulugTangan. Qo‘shbegi ko‘chmanchi qabilalar vakillari 
orasidan tayinlangan. Markaziy hokimiyatning kuchayishi natijasida 
avvallari xonlikda juda katta nufuzga ega boTgan inoqlaming mavqeyi 
XIX asrning birinchi yarmidan boshlab pasayib bordi. Muhammad 
Rahimxon I saroydagi amaldorlar sonini 360 nafardan 100 nafarga 
tushirdi. Biy, otaliq va inoq mansablarini bekor qildi. Xonlikda 3 ta 
devon (vazirlik) faoliyat ko‘rsatdi. Bular xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy 
va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi. Ularning fao- 
liyatiga devonbegi rahbarlik qilardi. Xonlik tarkibidagi qozoq va 
qoraqalpoqlar esa o‘zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili 
tomonidan boshqarilardi. Ularning lavozimi avloddan avlodga meros 
boTib o‘tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart edi. Oliy Kengash 
a’zosi yasovulboshi xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan. Xonning 
qo!riqlanishi va maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishi uchun javob­
gar boTgan. Urush harakatlari vaqtida qo‘shinga qo‘mondonlik qil- 
gan hamda turkman qabilalaridan tuzilgan harbiy qismni ham bosh­
qargan. Xonlikda mirob, pamonachi, qutvol, shug'ovul (chet el 
davlatlari elchilarini qabul qiluvchi va ularning ta’minoti uchun 
mas’ul amaldor), mahram (xonning maxfiy maslahatchisi, alohida top- 
shiriqlarini bajaruvchi, zarurat boTganida elchi qilib jo ‘natiladigan 
mansabdor shaxs) kabi lavozimlar ham mavjud edi.
Xonlikda sud ishlari islom dini huquqshunoslari qo‘- 
lida edi. Har bir beklikda 1 nafardan 4 nafargacha 
qozi boTgan. Qozilikka islom huquqining eng bilimdon vakillari 
92

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling