0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


XVII asrdan boshlab Xiva xonligida kuchayib borgan ikki jara-


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

XVII asrdan boshlab Xiva xonligida kuchayib borgan ikki jara- 
yonni qayd eting.
Abulg‘oziy Bahodirxon qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi? 
Xiva-Buxoro munosabatlaridagi keskinlik qanday oqibatlarga olib 
keldi?
Xiva xonligining Eron tomonidan bosib olinishiga sabab bo‘lgan 
omillarni aniqlang.
Qanday omillar Xiva xonligida hokimiyatning qo‘ng‘irotlar sulolasi 
qoTiga o'tishiga yo‘l ochdi?
85


24-§. Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligining 
o ‘rnatilishi. XVIII asr oxiri — XIX asr birinchi yarmida 
xonlikning siyosiy ahvoli
Qo‘n ‘irot sulolasinin 
Xiva xonligidagi boshboshdoqliklarga 
hokinHyat"°te
p
asiga*'ke"ishi 
va ° ‘zaro to ‘xtovsiz ichki urushlarga
kimdir chek qo‘yishi tarixiy zaruriyatga 
aylandi. Chunki xonlikning iqtisodiy ahvoli, avvalo, siyosiy tarqoq- 
likdan va o ‘zaro ichki urushlardan, shuningdek, dushman davlatlar 
hujumidan katta zarar ko‘rdi. Ikkinchidan, xalq o‘zining beomon 
talanishi, tinimsiz urushlar tufayli xonavayron bo‘lishi oqibatida te- 
varak-atrofdagi yurtlarga qochib ketib jon saqlashga majbur bo‘ldi. 
Natijada, ko‘plab yerlar tashlandiq holatga tushib qoldi. Bu omillar, 
o‘z navbatida, zodagonlar va qabilalar o‘rtasidagi mojarolami to‘xta- 
tishga qodir bo‘lgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini 
taqozo etmoqda edi.
Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga 
o‘zbeklaming qo‘ng‘irot qabilasi chiqdi. XVIII asrning 60-yillaridan 
boshlab Xiva xonligida hokimiyatni qo‘ng‘irot qabilasi o‘z qo‘liga 
ola boshladi. Yirik zodagonlar va ruhoniylar tabaqasining madadiga 
tayangan qo‘ng‘irot qabilasining yo‘lboshchisi Muhammad Amin 
1761-yilda inoqlik lavozimiga ko‘tarildi. U turkman qabilalariga 
qarshi kurash olib bordi. Biroq dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab
Buxoro amirligiga — Doniyolbiy otaliq huzuriga ketdi. Turkman qabi- 
lalari Xorazmni egalladilar va ko‘plab, Hazorasp, Xonqa, Urganch, 
Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qildilar. Ocharchilik va vabo 
tarqalib, aholi Orolbo‘ylari va Buxoroga ketishga majbur boTdi.
Buxoro amirligi madadiga tayangan Muhammad Amin inoq 
1770-yilda Buxorodan qaytib keldi va turkman qabilasini Xivadan 
quvib chiqardi va mahalliy beklarni ham bo‘ysundirishga muvaffaq 
bo’ldi. Shu tariqa Xiva xonligida hokimiyat uning qo‘liga o‘tdi.
Muhammad Amin mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vazi- 
yatini yaratishga erishdi. Bulaming barchasi mamlakat iqtisodining 
ko‘tarilishini ta’minladi. Jon saqlash uchun o‘zga yurtlarga qochib 
ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling