0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


o'tkazdi? 6. Olloqulixon amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida nimalarni


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

o'tkazdi?
6. Olloqulixon amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida nimalarni 
bilib oldingiz?
esa Atrek daryosi (hozirgi Eron va Turkmanistondagi daryo, uzunligi 
669 km, Kaspiy dengiziga quyiladi) hamda Saraxs (Turkmanistondagi 
shahar) atrofigacha bo!lgan hududlarni o‘z ichiga olar edi.
25- §. Xiva xonligida davlat boshqaruvi
Xonlik hududi 
va aholisi
Xiva xonligi tashkil topgan davrda uning hu­
dudi katta bo‘lmagan. Xonlik g ‘arbda Kaspiy 
dengizi, shimolda Orol dengizi havzasi, janubda
9 0


XIX asrning butun birinchi yarmi davomida xonlik hududi harbiy 
harakatlar natijasida tobora kengaytirilib borildi va shu asrning 
40-yillarida uning hududi 19 ming km2 ni tashkil etdi. Xonlik qo- 
zoq juzlari, Eron va Buxoro amirligi bilan chegaradosh bo‘ldi. Ayni 
paytda, XVIII asrdan boshlab Rossiya chegarasining janubga siljib 
borishi natijasida ikki davlat chegaralari yaqinlashdi. Xonlik aho- 
lisining umumiy soni 800 ming kishiga yaqin edi. Uning 65 foizini 
o‘zbeklar, 26 foizini turkmanlar, qolgan qismini esa qoraqalpoqlar, 
qozoqlar, qisman arablar tashkil etardi. Bu raqamlar qat’iy bo‘lmagan. 
Chunki xonlik hududining kengayib borishi bilan aholi soni ham 
ortib bordi. Poytaxt Xiva shahrida 20 mingdan ortiq aholi yashagan.
Xonlikning butun hududi urug‘-qabila tamoyili asosida taqsim- 
langan. Xususan, Abulg‘oziy Bahodirxon ko!chib kelgan 32 ta o‘zbek 
qabilalarini 4 ta guruhga bo‘ldi. Bular: Uyg‘ur—
nayman, qo‘ng‘irot— 
qiyot. nukuz-mang‘it, qang‘li-qipchoq.
Bo‘lish chog'ida qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qa- 
rindoshlik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Har bir 
qabilani inoq boshqargan. Har bir qabilaviy guruhdan 4 nafar kishi 
eng yuqori davlat lavozimlariga tayinlangan. Xon inoqlar orqali qabi- 
lalar hayotiga tegishli masalalami hal qilardi. Inoqlar xonning eng 
yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar.
Xonlik hududi 23 ta ma’muriy birlikka bo‘lingan. Shundan 20 
tasi beklik (viloyat), 2 tasi noiblik edi. Yigirma uchinchisi esa poy­
taxt Xiva shahri va uning atrofidagi hududlar edi. Viloyatlar esa 
shahar va masjid qavmlariga bo‘lingan. Boshqaruvning eng quyi 
ma’muriy birligi masjid qavmlari (qishloq) deb atalgan. Viloyatlarni 
beklax, noibliklarni noiblar, shaharlarni hokimlar va masjid qavmlarini 
esa oqsoqollar boshqarishgan. Oqsoqollar masjid qavmlari tomonidan 
saylangan va xon tomonidan tasdiqlangan. Qolgan ma’muriy birliklar 
boshliqlari - beklar, noiblar va hokimlar xon tomonidan tayinlangan. 
Xiva va uning atrofidagi hududlarni xonning o‘zi boshqargan.
Xiva xonligi ham Buxoro amirligi singari 
mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor - xon 
davlat boshlig‘i sanalardi. Xiva xonligi mutlaq 
monarxiya bo!lsa-da, Buxoro amirligidan farqli o‘laroq xonlikda, av- 
valgi mavzularda ta’kidlanganidek, Oliy va Kichik Kengashlar faoliyat

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling