0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
„Majburiyatlar akti“
Rossiya hukumati endi Xiva xonligiga o‘z hukmini majburan o‘tkazishga kirishdi. Bu maqsadga erishish uchun G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik mis- siyasini yubordi. Muzokaralar yakunida Rossiya bosimi ostida 1842-yilning 2 7-de- kabrida X iva-Rossiya o‘rtasida „Majburiyatlar akti“ deb ataluvchi shartnoma imzolandi. Shartnomada Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do‘stlik munosabatida bo‘lishi e’lon qilindi. Xiva xoniga, bundan tashqari. Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlari sodir etmaslik, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik, Ros siya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklandi. Bular aslida Rossiyaning o‘z xohish-istaklarini majburan bajar- tirishidan boshqa narsa emas edi. Shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e’tibor berildi. Mazkur masalada ham Rossiya o‘z xohish-istagini majburan qabul qildirdi. Chunonchi, boj to‘lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5 foiz miqdoridan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Biroq Rossiya shartnomaning ana shu bandini ham amalda bajarmadi. Oqibatda, o‘zaro munosabatlar tobora keskinlashib bordi. 1847-yilda Rossiya xonliklarga olib boradigan yo‘lda harbiy is- tehkomlar qurdi. Bu istehkomlar Rossiya siyosatida 0 ‘rta Osiyoni harbiy yo‘l bilan ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining tasdig‘i edi. Bu hoi o‘zbek davlatlarini tashvishga solib qo‘ydi. 0 ‘zbek davlatlarining Rossiyaga qarshi turishda Buyuk Britaniyaga suyanishi mumkinligi ehtimoli ham o‘zini oqlamadi. Bunga Rossi- ya-B uyuk Britaniya munosabatlarida o‘zgarish yuz berganligi sabab bo‘ldi. Afg‘onistonga qarshi urushda mag'lubiyatga uchragan Buyuk Britaniya Rossiya bilan kelishishga qaror qildi. Bu kelishuvga binoan Rossiya 0 ‘rta Osiyo bilan cheklanadigan bo‘ldi. Ayni paytda, Hin- distonga chiqish niyatidan voz kechdi. Buyuk Britaniya esa Rossi yaning o‘zbek davlatlariga nisbatan tutadigan siyosatiga qarshilik qil- maydigan bo‘ldi. Afg‘oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning Osiyodagi mustamlakalari o‘rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifa- tida e’tirof etildi. 102 0 ‘zbek davlatlari endilikda yakkalanib qoldi. Ularni faqat o‘zaro ittifoqlikLarigina saqlab qolishi mumkin edi. Afsuski, o‘zaro ziddiyat- ning kuchliligi hamda Rossiyaning harbiy qudrati oldidagi ojizlikdan paydo bo‘lgan qo‘rquv tufayli ular birlasha olmadi. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling