0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Adabiyot
Bu davr xonlik adabiyotida Amir Avazbiy o ‘g ‘li 
Shermuhammad (taxallusi Munis Xorazmiy) va 
uning jiyani Erniyozbek o ‘g ‘li Muhammad Rizo (taxallusi Ogahiy) 
lar alohida ajralib turadilar. Munis Xorazmiy yoshlik chog‘laridan 
adabiyot va tarix faniga mehr qo‘ydi. 1800-yilda otasi vafot etgach
saroy kotibi etib tayinlandi. 1804-yilda birinchi she’rlarini o ‘z ichiga 
olgan devon - „Devoni Munis“ni yaratdi. Munisning „Oshiqlar do‘sti“ 
devoni 20 mingdan ortiq misradan iborat. U xattotlar tomonidan ko‘- 
chirilib, ajoyib kitob holiga keltirilgan.
Bu davr adabiyotining yana bir mashhur namoyandasi Ogahiy 
1809-yilda Qiyot qishlog‘idagi mirob oilasida tug‘ildi. Xiva madrasa- 
larida ilm oldi. Arab va fors tillarini puxta egalladi. Ayniqsa, Alisher 
Navoiy ijodini qunt bilan o‘rgandi. 1829-yilda amakisi Munis va­
fot etgach, Olloqulixon uni amakisining o‘rniga mirob mansabiga 
tayinladi. Uning shoir sifatida yaratgan asarlar to‘pi ami „Oshiqlar 
tumori“ deb ataladi va u 19 ming misradan iborat. Uning g ‘azallari 
,,Shashmaqom“ning hamma kuylariga tushadi. Ogahiy o‘z davrining 
mohir tarjimoni ham edi. U S a ’diy Sheroziyaing ,,Guliston“, Abdurah- 
mon Jomiymng „Yusuf va Zulayho“ hamda Nizomiy Ganjaviy „Xam- 
sa“sining ba’zi dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Xorazm tarixnavislik maktabiga asos solgan shaxs 
Abulg'oziy BahodirxonAir. U ham hukmdor, ham 
tarixchi olim sifatida tarixda nom qozondi. 0 ‘zining „Shajarayi turk 
va mo‘g‘ul“ asari bilan tarixda nom qoldirdi. Asarning „Taqi Shay- 
bonxon avlodidin Xorazm mamlakatinda podshohlik qilg‘onlaming 
zikri“ deb nomlangan I bobi Xorazmning 1512-1663-yillardagi ta- 
rixiga bag‘ishlangan. Abulg‘oziy Bahodirxon yozgan bu asarning qim- 
mati yana shundaki, u o‘zbek tilida yozilgan.
„Dastur ul-amal“ asari Abulg‘oziy Bahodirxonning topshirig‘i bilan 
yozilgan. Afsuski, bu asar muallifining nomi aniqlangan emas. Mazkur 
asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib, Zahiriddin Muhammad 
Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling