0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Qoraqalpoqlarning alohida bir 
xoni Abdullaxon II ning bir yorlig 
qayd etilganligi bam tasdiqlaydi
1598-yilda Buxoro 
qalpoqlar" degan so‘z




1723-yilda iung‘orlar bostirib kelib, Sir-
Qoraqalpoq va Rossiya 


. . 
,, 
,
rnunosabatlari 
daryonmg o‘rta qismini egallagach, qo­
raqalpoqlar yana k o ‘chishga majbur 
bo‘lishdi. Ko‘chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo‘linib ketdi. Qo­
raqalpoqlar shunday sharoitda Rossiya bilan aloqa o ‘rnatishga harakat 
qildi. Chunki jung‘orlar hujumidan omon qolish juda muhim edi. 
Ikkinchidan, Rossiya bilan savdoni yo‘lga qo‘yish ham zarur edi.
1726-yilda qozoqlaming Kichik Juz xoni Abulxayrxon Peterburgga 
o‘z elchilarini jo ‘natdi. Uning tarkibida qoraqalpoqlar vakili ham bor 
edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o‘z elchisi M.Tevkelevni 
Abulxayrxon huzuriga jo ‘natdi. Muzokaralar natijasida Kichik Juz tar- 
kibidagi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. Ayni payt- 
da, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik Juz xonligiga yasoq 
to‘lashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya fuqaroligiga qabul qi- 
linishi - ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.
Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo‘yi o ‘zbeklari bilan yaqinlashu- 
vi yuz bera boshladi.
Orolbo‘yi o‘zbeklari Xiva xonligi hokimiyatiga bo‘ysunishni ista- 
mas edi. Xon hukumati o ‘z oldiga Orolbo‘yi o‘zbeklarini hamda
111


Oydo‘stbiy
boshchiligidagi
qo‘zg‘olon
Ijtimoiy hayot
qoraqalpoqlarni bo‘ysundirish maqsadini qo‘ydi. Nihoyat, uzoq ku- 
rashlardan so‘ng, 1735-yildagina Orolbo‘yi o‘zbeklari va qoraqalpoq- 
lar Xiva xonligi hokimiyatini tan olishga majbur etildi. 1811-yilda 
esa qoraqalpoqlar Xiva xonligiga to‘la bo‘ysundirildi.
1827-yili Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqal­
poqlar qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olonga qoraqal­
poqlar biyi Oydo'stbiy boshchilik qildi. 1827-yil 
25-iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo‘stbiy 
boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun qo‘shin jo ‘natdi. Kuchlar 
noteng bo‘lgan jangda qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilindi. Oydo‘stbiy 
esa qatl etildi. Qo‘zg‘olon bostirilsa-da, xalqning zulmga qarshi naf- 
rati kuchayib bordi. 1859-yilda Xiva xoni Said Muhammadxon qora- 
qalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish 
huquqini berdi. Bu bilan Xiva xonligi tarkibida bo‘lsa-da, qoraqalpoq 
davlatchiligi amalda tiklandi. Butun hokimiyat Biylar og‘asi qo'lida 
to‘plandi. Uning maqomi xon maqomiga tenglashtirildi.
Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug‘chilik, 
qabilachilik munosabatlari ancha kuchli edi. 
Har bir urug‘ yoki qabilaga hiy\zx boshchilik qilardi. Harbiy qism- 
larni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniyl&r, shayxlar, xo'ja- 
larning ham o‘m i katta edi. Ovul boshlang!ich ma’muriy bo‘g !in 
bo:lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. 
Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi 
ma’muriy mansablar ham bor edi.
Biylar o g ‘asi ilgari urug‘ yig‘inlarida saylangan bo‘lsa, qoraqal­
poqlar Xiva xonligiga bo‘ysvmdirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan 
bo‘ldi. Xon tomonidan tayinlangan Biylar og‘asiga urug‘ biylari 
bo'ysungan. Amudaryoning so‘l sohilidagi Qo'ng'irot, o‘ng sohilidagi 
Chimboy shaharlari qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga ay- 
landi.
Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chor- 
vachilik bilan shug‘ullanib keldilar. Qoraqalpoqlar 
Orol bo‘ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarda dehqon­
chilik bilan shug‘ullanardilar. Bug'doy, arpa, tariq va boshqa ekinlar 
ekib, mo‘l hosil olganlar. Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida 
qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug‘orish inshootlari 
dehqonchilikning yetakchi o‘rinda turganligidan guvohlik beradi. XVIII 
112

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling