0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Xo‘jalik hayoti


asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko‘1, Kegayli, XIX 
asr o ‘rtalarida Chimboy, Qo‘ng‘irot dehqonchilik vohalari vujudga 
keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o'roq kabi 
mehnat qurollaridan foydalanilgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida 
chorvachilik ham muhim o‘rin tutgan. Chorvadorlar ho‘kiz va tuya 
qo‘shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero‘t yay- 
lovlarga ко‘chib yurganlar.
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik va ovchilik ham mu- 
bim ahamiyatga ega bo'lgan.
4.
5.
6
.
Qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni haqida nimalarni bilib 
oldingiz?
„Qoraqalpoq" atamasi qanday kelib chiqqan?
Yurtimizda dastlab „qoraqalpoqlar" deb tilga olingan hujjat kimga 
tegishli edi?
Qoraqalpoq-Rossiya, Qoraqalpoq-Xiva munosabatlariga oid faktlar 
ro‘yxatini tuzing.
Oydo'stbiy qo‘zg‘olonming sababi va oqibatlari haqida so‘zlab be­
ring.
Nega Xiva xoni Qoraqalpoqlarga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini 
berishga majbur bo‘ldi?
Ma’lumki, Qoraqalpog'iston Respublikasi bugungi kunda 0 ‘z- 
bekiston tarkibidagi davlat. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- 
sining qaysi bobi va moddalarida 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar qanday tar- 
tibda hal etilishi belgilab qo‘yilganligini aniqlab, mazkur modda- 
laming mazmunini o'rganib keling.
31- §. Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot
Turmush tarzi
Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko'chman- 
chilik turmush tarzidan o‘troqlikka o‘tish jarayo- 
nini boshidan kechirdilar, Aholining asosiy qismi o'tov va paxsa 
wylardan iborat ovullarda yashardi. Keyinchalik qo'rg'on (qal’a) va 
shaharlar vujudga keldi.
Qoraqalpoqlar bir necha urug‘lardan iborat bo‘lib, har urug‘ a’zo- 
si o‘z urug‘ining mustahkamligini ta’minlashga intilardi. Bir urug‘
8—0 ‘zbekiston tarixi, 8-sinf
113


ichida o‘zaro nikoh taqiqlangan. To‘yda baxshilar dostonlardan qo‘- 
shiqlar kuylashardi. aytishuvlar avjiga chiqardi. Polvonlar kurashga 
tushardi.
Qoraqalpoqlar qishlovni ko‘pincha dengiz va daryo bo‘ylarida 
o‘tkazganlar. Arava, qctyiq, sol va ot asosiy transport vositasi bo‘lgan. 
Qoraqalpoqlar kiyim-kechagida milliylikka alohida e’tibor berganlar. 
Bu narsa, ayniqsa, ayollar va qiz bolalar savkeli (qalin bo‘zdan tiki- 
lib, kumush va maijonlar bilan bezatilgan bosh kiyim)da yaqqol na- 
moyon bo‘lgan.
Qoraqalpoqlar Q o’ng'irot, Chimboy, X o ja yli kabi yi- 
Shaharlar 
^ shaharlarni bunyod etganlar. Shulardan Qo‘ng‘irot 
va Chimboy qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari edi. Bu shaharlar 
XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida barpo etildi. Xo‘jayli shahri 
Orol va Xiva oralig‘idagi savdo markazi bo‘lib, bojxona shu shahar- 
da joylashgan. Shaharlar baland devorlar bilan o‘rab olingan. Sha- 
har ichkarisida ko‘rkam binolar, saroylar barpo etilgan. Janaqal’a
Oydo'stqal’a, Ernazarqal’a, K o ‘k o ‘zakqal’a, Eshonqal’a kabi qal’a 
shaklida qurilgan shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan 
me’morchilik madaniyati yodgorliklari hisoblanadi.
Shaharlarda XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum eshon, 
Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzclarida, Eshon- 
qal’ada madrasalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandlar 12-13 yoshli bo- 
lalarni shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o‘rgatganlar. 
Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta’lim olgan- 
lar.
. . 
Qoraqalpoqlarning xalq og‘zaki ijodi juda boy.
Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligi- 
san a va musiqa 
n[ng nasy,r etilgani fikrimizning dalilidir. Ular
so‘z ustalari bo‘lgan chcchanlarni, baxshi (jirov)larni sevadilar. El 
oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. 0 ‘zbeklaming 
Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi - 0 ‘mirbek laqqisi bor. 
0 ‘mirbek laqqi o‘z latifalarida jamiyatdagi kamchiliklar ustidan ku- 
luvchi xalq qahramoni sifatida gavdalanadi. U adolatsiz amaldorlar, 
qozilar, so‘zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylarning kirdikorlarini 
fosh qilib, mardlik, to ‘g‘rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. Latifalarini 
yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni 
xursand qilgan.
114


Qahramonlik dostonlari „Qirqqiz", „Alpomish", ,,Qublon“, „Mast- 
poshsho", ,,Edigey“ dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy 
tarixi kuylanadi. Masalan, .,Edigcy“ dostonida Amir Temur, To‘xtamish 
faoliyati bilan bog‘liq voqealar bayon etilsa, „Qirqqiz“da qoraqalpoq 
xalqining ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga 
qarshi kurashi o‘z badiiy ifodasini topgan.
Qoraqalpoqlarning xalq qo‘shiqlarida el-yurt yo‘lboshchilari, qahra- 
monlari — Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo‘stbiy, Emazarbiylar 
ulug‘lanadi.
Qoraqalpoqlar tasviriy san’atidagi o‘ziga xoslik, ayniqsa, ular to ‘- 
qigan gilam va kashta buyumlarda yorqin ifodasini topgan. Ularga 
tushirilgan naqshli bezaklar suv ramzini aks ettiruvchi to!lqin ko‘ri- 
nishiga ega bo‘lgan. Bu bejiz emas edi. Chunki qoraqalpoqlar qadim- 
dan daryo va ko‘l bo‘ylarida yashab kelganlar. Bundan tashqari, qo­
raqalpoq tasviriy san’atining yana bir o‘ziga xosligi uning qadama 
naqshli yog‘och o‘ymakorligida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Qoraqalpoqlar qo‘shiqchiligi mazmuniga ko‘ra xalq, tarixiy va ma- 
rosim qo‘shiqlariga bo‘lingan. Ular qo'biz, dutor, g'ijjak, surnay, no- 
g'ora kabi musiqiy cholg!u asboblari yordamida ijro etilgan. Doston 
ijrochilari jirovlar, baxshilar va qissaxonlar deb ataluvchi uch guruhga 
bo‘linganlar. Ular bir-biridan aytadigan dostonlarining mazmuni, ijro 
etish uslublari, kuy va musiqiy cholg‘u asboblari bilan farq qilganlar. 
Masalan, jirovlar qahramonlik dostonlarini qo‘biz jo ‘rligida, baxshilar 
esa dutor va g‘ijjak jo ‘rligida ijro etganlar. Qissaxonlar esa doston 
qo‘lyozmalarini zo‘r mahorat bilan o‘qib yoki yoddan aytib berganlar.
XVIII—XIX asrning birinchi yarmida qora­
qalpoq adabiyotining ko!zga ko‘ringan bir 
nechta namoyandalari qalam tebratganlar- 
kim, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan 
biri Jiyen Jirov (1730-1784) mashhur baxshi, hajvchi shoir sifati- 
da kamol topdi. „Hoy yigitlar, yigitlar“ va „Yuragimda k o ‘p do- 
g ‘im “ kabi qator she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklami, hukmron 
tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini fosh 
etadi. Qoraqalpoqlar — erksevar xalq. Shuning uchun ham ular do- 
imo o‘z erklari uchun ozodlik kurashi olib borgan. Ma’lumki, qo- 
zoqlarning Kichik Juz xoni Abulxayrxonga qarshi olib borilgan 
urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag!lubiyat natijasida ular

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling